2025 yilga möljallangan davlat dasturi loyihasi muhokama uçun e’lon qilindi.

Barça içimlik suvi ta’minoti korxonalarida sifat monitoringi yuritiladi va ma’lumotlarni boşqariş markazlari yaratiladi.

Hududlarda içimlik suvi sifati monitoringini yurituvçi markaziy laboratoriya taşkil etiladi.

Barça şahar va tumanlardagi içimlik suvi sifatini nazorat qiliş laboratoriyalarga biriktiriladi yoki hududiy sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimlari bilan şartnomalar rasmiylaştiriladi.

Içimlik suvi sifati monitoringini yuritadigan laboratoriyalarining texnik jihatdan malakaliligi ma’qullanadi.

Melioratsiya obektlarini quriş va rekonstruksiya qiliş orqali suğoriladigan yerlarda şörlangan maydonlar 26 ming gektargaça kamaytiriladi.

Meliorativ obektlarni quriş, rekonstruksiya qiliş va ta’mirlaş-tiklaş işlari böyiça yillik dastur tasdiqlanadi va ijrosi ta’minlanadi.

Şör yuviş texnologiyalariga rioya qilgan holda yerlarni lazerli tekislaş, tuproqlarni çuqur yumşatiş kabi işlar amalga oşiriladi.