Paxta oson alanga olsa-da, qulay va havo ötkaziş xususiyatiga ega bölgani uçun kiyim-keçak tayyorlaşda köp qöllanadi. Texas A&M universiteti olimlari atigi bir bosqiçli usul bilan uşbu tolaning yonuvçanligini kamaytiriş yölini topdi — buning uçun polielektrolit qoplama işlatiladi. Undan turli töqimaçilik mahsulotlari, xususan, mebel qoplamalarida foydalaniş mumkin. Phys.org xabar berişiça, yangi usulni oddiy sanoat şaroitlarida ham qöllasa böladi.
Polielektrolitlar yordamida olovga çidamli qoplamalar yaratiş borasida şu paytgaça ma’lum bölgan usullar ikki yoki undan ortiq bosqiçni talab qilardi, bu esa vaqt va xarajatlarni oşiradi. Yangi tadqiqot xuddi şunday natijalarga atigi bir bosqiçda erişişni maqsad qilgan. Tadqiqotçilar oddiy şaroitda buğlanadigan molekula — uçuvçan asosdan foydalandi.
Uçuvçan asos sifatida ammiak qöllandi. Uning buğlanişi pH darajasini pasaytirib, paxta yuzasida kompleks hosil bölişiga olib keladi. Ilgari bu usul olovdan himoyalaniş uçun işlatilmagan.
Texnologiyaning boşqa afzalliklari şundaki, u suvga asoslangan bölib, boşqa köpçilik usullardan farqli ravişda zaharli emas.
Tadqiqotçilar uşbu usulni kompaniyalar bilan hamkorlikda örganişni davom ettirmoqçi. Ular öz kaşfiyotlarini yoğoç, mato, penoplast hamda boşqa töqimaçilik mahsulotlarini qayta işlaşda qöllaşni rejalaştirmoqda.






