Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Nyu Yorkdan Toşkentga uçayotgan reysi mast yölovçi sabab Qozonga favqulodda qönişni amalga oşirdi. Bu haqda Telegramʼdagi Shot kanali xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, 26 yoşli Suhrob U. parvoz vaqtida spirtli içimlik içib, janjal kötarişni boşlagan va bu boşqa yölovçilarga yoqmagan, ogohlantirişlarga qaramay u tinçlanmagan. Şundan söng yölovçi boğlab qöyilgan, Boeing 787 havo kemasi esa bugun, 13 yanvar kuni soat 06:10 da Qozonga favqulodda qönişni amalga oşirgan.
Erkak reysdan olib qolingan va politsiya bölinmasiga olib borilib, bayonnoma rasmiylaştirilgan. Bort bir neça soatdan keyin Toşkentga muvaffaqiyatli qönişni amalga oşirgan.
Eslatib ötamiz, 2023 yilda Nyu York — Toşkent reysida uçgan yölovçilardan birining bortda mast holatda janjal kötargani hamda xavfsizlik talablarini buzgani sabab samolyot Sankt-Peterburgdagi Pulkovo aeroportiga qönişga majbur bölgandi. Favqulodda holat sabab yönalişi özgargan Uzbekistan Airways AJ 22 ming 244 dollar zarar körgan edi.








