Qozoğiston Qişloq xöjaligi vazirligi don qaysi davlatlarga eksport qilinayotgani haqida ma’lumot berdi.

Orda xabariga köra, 2024 yilda Qozoğiston temir yöllari orqali xorijga 8,1 million tonna ğalla jönatilgan. Asosiy xaridorlar quyidagilar:

- Özbekiston — 3,3 million tonna;

- Xitoy — 1,7 million tonna;

- Tojikiston — 1,2 million tonna (ötgan yili bu mamlakatga eksport 20 foizga oşgan).

Şu bilan birga, Eron va Ozarboyjonga don yetkazib beriş ham tiklangan.

«Bozor tiklanganidan keyin Eronga don yetkazib beriş hajmi ikki baravarga oşib, 526 ming tonnaga, Ozarboyjonga esa 1,8 barobarga oşib, 211 ming tonnaga yetdi», deyiladi xabarda. Qirğizistonga don yetkazib beriş hajmi 1,9 barobar oşib, 140 ming tonnani taşkil qilgan.

2024 yil Qozoğistonda ğalladan rekord darajada 26,5 mln tonna hosil olindi, şundan 3,9 million tonnasi boşqa mamlakatlarga sotilgan. Bu 2023 yilga nisbatan 57 foizga köpdir.