Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius Germaniya kansleri Olaf Şolsning Ukrainaga qöşimça uç milliard yevrolik harbiy yordam paketini tösib qöygani haqidagi xabarlarni rad etdi. «Heç qanday bloklaniş yöq», dedi u 13 yanvar, duşanba kuni çiqadigan Tagesspiegel gazetasiga bergan intervyusida. Şu bilan birga, vazirning sözlariga köra, Germaniya hukumatida paketni içki muvofiqlaştiriş hali yakuniga yetmagan.

Pistorius uning departamenti yangi yordam paketini tayyorlaganini va endi uni Kiyevga taqdim etiş böyiça siyosiy qaror qabul qilinişi kerakligini ta’kidladi.

Avvalroq Der Spiegel haftalik naşri Germaniya kansleri Olaf Şols Kiyevga mudofaa vaziri Pistorius va taşqi işlar vaziri Annalena Berbok tomonidan ilgari surilayotgan 3 milliard yevro miqdoridagi qöşimça yordam ajratilişiga qarşi ekanini xabar qilgan edi. 10 yanvar, juma kuni Germaniya hukumati Der Spiegel naşri e’lon qilgan ma’lumotni tasdiqlamadi, biroq uni ham inkor etmadi.

Ötgan yili Germaniya hukumati Ukrainani qöllab-quvvatlaş uçun qariyb yetti milliard yevro ajratganini ta’kidlagan Annalena Berbok 12 yanvar kuni Berlin Kiyevga qurol-yaroğ yetkazib beriş uçun ajratiladigan mablağni sezilarli darajada qisqartirişga rozi bölmasligi kerakligini aytdi. Uning sözlariga köra, agar Germaniya hozir ötgan yilgi mablağning yarmini yoki biroz köproq qismini taqdim etsa, bu Ukrainaning özini himoya qiliş qobiliyati qisqarişini anglatadi.

2025 yilgi davlat budjeti Ukrainaga taxminan 4 milliard yevro miqdorida harbiy yordam berişni nazarda tutadi.

Germaniya şoşilinç ravişda Ukrainaga boşqariladigan raketalarni topşiradi

Germaniya şoşilinç ravişda IRIS-T havo mudofaa tizimi uçun boşqariladigan raketalarning yangi partiyasini Ukrainaga topşiradi, ular Rossiya agressiyasidan himoya qilişda yordam beradi. Bu raketalar dastlab Bundesver uçun möljallangan edi, ammo endi işlab çiqarişdan töğridan töğri Ukrainaga jönatiladi, dedi Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius 9 yanvar kuni AQŞ harbiy-havo kuçlarining Germaniyaning Ramştayn şahridagi bazasida Ukraina mudofaasi böyiça kontakt guruhi yiğilişida.

Rossiyaning Ukrainada davom etayotgan havo hujumlari, jumladan kassetali öq-dorilardan foydalaniş fonida Pistorius şunday qöşimça qildi: «Biz öz zaxiralarimizni töldirişdan avval Ukrainani ta’minlaymiz». Vazirning sözlariga köra, Ukraina 23 fevralga belgilangan Bundestagga navbatdan taşqari saylovlar natijasi qanday bölişidan qat’i nazar, Germaniyadan harbiy yordamga umid qilişi mumkin.