Ruminiyada 12 yanvar, yakşanba kuni ön minglab odamlar 2024 yil noyabrida bölib ötgan prezidentlik saylovlarining birinçi bosqiçi natijalari bekor qilinganiga norozilik bildiriş uçun yana köçalarga çiqdi. Reuters xabariga köra, Buxarestda namoyişçilar mamlakatning amaldagi prezidenti Klaus Yoxannisning iste’fosini talab qilgan.

Yoxannisning vakolati rasman 21 dekabrda tugadi, biroq u öz vorisi nomi aniqlanmagunça öz lavozimida qoladi.

Ruminiyada may oyida takroriy prezidentlik saylovlari bölib ötadi

Ruminiya prezidentining takroriy saylovi may oyida bölib ötadi — birinçi tur 4 mayda, ikkinçisi 18 mayda bölib ötadi. Noyabr oyidagi ovoz beriş natijalari bekor qilinganidan keyin yangi saylovlar sanasi 8 yanvar kuni mamlakat hukmron koalitsiyasi tomonidan kelişib olingan edi. Ruminiya prezidenti Klaus Yoxannis öz vorisi aniqlanmagunça öz vazifasini bajarişda davom etadi.

Koalitsion hukumatdagi uç partiya ham yagona nomzod Krin Antoneskuni qöllab-quvvatlaş böyiça dastlabki rejalarini tasdiqladi, deya ma’lum qildi Milliy liberal partiya. Şu yöl bilan Ruminiyadagi Sotsial-demokratik partiya, Milliy liberal partiya va Vengriya demokratik ittifoqi koalitsiyasi öta öng nomzodning ğalabasi oldini olişga harakat qilmoqda.

Kelin Jorjyesku öta öng kuçlar nomzodi bölib qoladimi yoki yöqmi, hozirça noma’lum. Uning saylovda iştirok etişi Konstitutsiyaviy sudning qaroriga boğliq bölib, u saylov kampaniyasini noqonuniy moliyalaşda ayblanib çetlatilişi mumkin, deya qayd etadi Politico.