Toşkent xalqaro aeroportining uçib ketiş zali va boş binosi oraliğida joylaşgan yaşil maydonda muşuklar uçun uyçalar paydo böldi. Ular Toşkent arxitektura-quriliş universiteti talabalari tomonidan loyihalaştirilgan, deb xabar berdi Uzbekistan Airports.
«Muşuklar şahar muhitining tabiiy aholisi bölib, özining ekologik örniga ega. Poytaxt aeroportida doimo muşuklar bölgan. Bu jonzotlarning odamlarga foydasi oydin, yoqimli estetikadan taşqari, uy siçqonlarini va hatto kalamuşlarni yöq qiladigan haqiqiy ovçilardir… «Muşukkent» loyihasi va Toşkent arxitektura-quriliş universiteti talabalari bilan birgalikda uyçalar loyihasini işlab çiqdik va ularni aeroport faoliyati uçun ham, hayvonlarning özlari uçun ham xavfsiz bölgan joylarga örnatdik», deyiladi xabarda.
Qayd qilinişiça, dizayn jarayonida uylar yemirilişga çidamli, yonmaydigan va ayni paytda ekologik toza materiallardan yiğilgan. Sovuq mavsumda isitiş va issiqda şamollatiş tizimlari ham örnatilgan.
Ta’kidlanişiça, «Muşukkent» loyihasi 2019 yilda boşlangan bölib, Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi, Özbekiston Milliy gvardiyasi hamda boşqa davlat idoralari hamda nodavlat notijorat taşkilotlari tomonidan qöllab-quvvatlangan. Loyihaning asosiy maqsadlari jamiyatda hayvonlarga nisbatan insonparvar munosabatni tarğib qiliş, şaharda muşuklar uçun uylar örnatiş, köça muşuklari sonini nazorat qiliş, hayvonlarga nisbatan şafqatsiz munosabatda bölganlik uçun jazoni kuçaytirişdan iborat.








