Ukrainada harbiy harakatlarni töxtatiş böyiça qandaydir kelişuvga erişiş uçun front çiziğidagi vaziyatni barqarorlaştiriş talab etiladi. Bu haqda amerikalik kongressmen, Donald Tramp öz ma’muriyatida xavfsizlik masalalari böyiça maslahatçi lavozimiga tayinlaşni möljallayotgan Mayk Uolts aytib ötdi.

ABC News telekompaniyasi jurnalistigaga bergan intervyusida Uolts bunday barqarorlikka erişiş şartlaridan biri Ukraina qurolli kuçlariga «yuz minglab yangi askarlar»ni jalb etiş uçun Ukrainadagi çaqiruv yoş çegarasini pasaytiriş bölişi kerakligini aytgan.
«Biz ukrainlardan söraydigan narsalardan biri şu… Ularda jonli kuç böyiça muammolar bor. Ular 18 yoşlilarni emas, 26 yoşlilarni çaqirişmoqda. Men buni köpçilik töğri tuşunadi deb öylamayman, — degan Uolts. — Frontdagi qiyinçiliklar va muammolar haqida eşitganimizda, şuni ta’kidlaş joizki, agar ukrainlar demokratiyani saqlab qoliş uçun dunyodagilardan barça işni qilişni sörayotgan bölişsa, unda ular ham demokratiyani saqlab qoliş uçun barça işni qilişlari kerak».
«Ular, albatta, mardonavor kuraşişdi, albatta, oliyjanoblik va matonat bilan jang qilişdi, ammo kadrlar bilan boğliq bu muammolarni hal qiliş kerak», — deya qöşimça qilgan Uolts.
Ğarb naşrlaridagi köplab materiallarda Rossiya qöşinlarining frontdagi oxirgi muvaffaqiyatlarining asosiy sabablaridan biri ular jonli kuçda sezilarli ustunlikka egaligi bilan boğliqligi körsatilgan.
Jurnalistlarning ma’lumotlariga köra, AQŞning amaldagi prezidenti Jo Bayden ma’muriyati vakillari allaqaçon Ukraina hukumatini çaqiruv yoşini hozirgi 25 yoşdan pasaytirişga çaqirgan.
Ammo Volodimir Zelenskiy bunga javoban bir neça marta asosiy muammo — frontdagi odamlar yetişmovçiligi emas, Ukraina qurolli kuçlarida ğarb qurollari yetarli emasligida ekanini aytgan.
«Agar qarşingizdagi odam qurolsiz tursa, uning yoşi 20 yoki 30 da ekanining nima farqi bor? Heç qanday farqi yöq», — degandi u dekabr oyi örtalarida harbiy xizmatga çaqiruv yoşini pasaytiriş haqidagi savolga javoban.
Zelenskiy Ukraina qurolli kuçlarining xorijda tayyorlanişi lozim bölgan 14 brigadasining faqat ikkitasi zarur tayyorgarlikka ega bölgani va bu aynan qurollar yetişmovçiligi bilan boğliqligini ta’kidlagandi.










