2025 yilga möljallangan davlat dasturi loyihasi muhokama uçun e’lon qilindi.

Davlat xizmatçilarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni şakllantiriş, ularga “halollik vaksinasi”ni singdiriş hamda bu borada preventiv mexanizmlarni joriy etiş közda tutilmoqda.

Davlat xizmatini rivojlantiriş agentligining Rahbar kadrlarni baholaş markazida Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligining buyurtmasi asosida 2025 yil davomida kamida 500 nafar rahbarlik lavozimlarda işlayotganlar va uşbu lavozimlar uçun zaxirada turganlarning korrupsiyaga moyilligi darajasi baholanadi.

Davlat xizmatçilarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni singdiriş böyiça qadriyatlar tizimini şakllantiriş yuzasidan tadqiqotlar olib boriş asosida ta’sirçan çora-tadbirlarni joriy etişga oid takliflar muntazam (yiliga kamida bir marta) kiritib boriladi.

Bundan taşqari, yangiça konstitutsiyaviy-huquqiy şaroitda fuqarolarning jamiyat va davlat işlarini boşqarişdagi iştirokini yanada kengaytiriş rejalaştirilgan.

“Mening fikrim” portali negizida “Mening taklifim” elektron portalini taşkil etiş böyiça takliflar işlab çiqilib, Özbekiston prezidenti administratsiyasiga kiritiladi.