Oliy Majlis Qonunçilik palatasi majlisida avtobus uçun ajratilgan yölaklarda boşqa transport vositalari harakatlangani uçun javobgarlik közda tutilgan qonun loyihasi ikkinçi öqişda qabul qilindi.
Qonun loyihasi bilan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga transport vositalari haydovçilarining yönalişli transport vositalari uçun alohida ajratilgan qismi bor yöldan harakatlangani uçun javobgarlik kiritilmoqda. Xususan, kodeks 128-7-moddasi bilan töldiriladi.
Bunda quyidagi holatlar uçun javobgarlik belgilanmaydi:
- alohida ajratilgan tasmasi bor yöldan tezkor va maxsus xizmatlarning transport vositalarining harakatlangani;
- yondoş hududning kiriş yoki çiqiş joyidan 50 metr masofada uzuq-uzuq çiziqli joygaça yoxud yaqin masofadagi uzuq-uzuq çiziqli joygaça harakatlanganlik;
- yönalişli transport vositalari harakatiga xalaqit bermaslik şarti bilan yölga çiqiş;
- qatnov qismining çetki öng tomonida yölovçilarni çiqariş va tuşiriş uçun harakatlanganlik.
Majlisda sözga çiqqan Korrupsiyaga qarşi kuraşiş va sud-huquq masalalari qömitasi a’zosi Uluğbek Qobulov sözlariga köra, ma’muriy jarima miqdorini belgilaşda bir qator xorijiy davlatlar tajribasi örganilgan. Xususan, AQŞ Nyu-York ştatida bunday huquqbuzarlik uçun 50−250 dollar, Fransiyada 35−135 yevro, Germaniyada 135 yevrogaça, Belarusda 12 dollar, Qozoğistonda 7 dollar miqdorida jarima undirilişi aniqlangan. Deputat şularni hisobga olib, taklif etilgan moddaning sanksiyasi miqdorini tuşiriş haqida qaror qabul qilinganini aytdi, ammo uning miqdorlariga aniqlik kiritmadi.
Dastlab qoidabuzarlikni birinçi marta sodir etganlik uçun BHM 3 baravari (1 mln 125 ming söm), takror sodir etganlik uçun BHM 5 baravari (1 mln 875 ming söm) miqdorida jarima belgilaş taklif etilgandi.








