2025 yilga möljallangan davlat dasturi loyihasi muhokama uçun e’lon qilindi.
Toşkent, Namangan, Samarqand, Jizzax, Buxoro, Xorazm viloyatlari hududidagi baland qavatli binolar va inşootlarga videokuzatuv qurilmalarini örnatiş orqali atrof-muhitni kuzatiş va yonğinlarni barvaqt aniqlaş tizimi joriy etiladi.
Videokuzatuv tizimini yaratiş uçun loyiha texnik topşiriq hujjatlari işlab çiqiladi. Videokuzatuv tizimi va uning texnik dasturiy ta’minoti xarid qilinadi. Videokuzatuv tizimi uskunalari belgilangan joylarga örnatiladi va tizim joriy etiladi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahridagi aholi köp yiğiladigan joylari (aeroport, vokzal, bozorlar, yirik savdo va yopiq turdagi köngiloçar markazlar) bino va inşootlarida yuzaga kelgan yonğinlardan xabarlovçi signalizatsiya tizimi FVV hududiy quyi yonğin-qutqaruv qismlarining yagona dispetçerlik xizmatiga ulanadi.
Zaruriy texnik vositalar xatlovdan ötkaziladi va örnatiladigan joylar soniga aniqlik kiritiladi. Texnik va dasturiy vositalar uçun texnik topşiriq hujjatlari işlab çiqiladi va tasdiqlanadi. Texnik va dasturiy vositalar uçun tanlov (tender) savdolari ötkaziladi va xarid qilinadi. Texnik va dasturiy vositalar işlab çiqiş va örnatiş orqali hududiy tuzilmalarning yagona dispetçerlik xizmatlari bilan boğlanadi.








