AQŞ prezidenti lavozimini tark etayotgan Jo Bayden Davlat departamentidagi çiqişi çoğida öz ma’muriyatining taşqi siyosat sohasidagi tört yillik faoliyatini sarhisob qildi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainada birorta ham strategik maqsadga erişa olmadi, ukrainaliklar esa AQŞ kömagida öz mamlakatlari yer yuzidan yöq qilinişiga yöl qöymadi. Bu haqda AQŞ prezidenti Jo Bayden 13 yanvar, duşanba kuni Davlat departamentida öz ma’muriyatining taşqi siyosat sohasidagi tört yillik faoliyatini sarhisob qilar ekan, bayonot berdi.
Bayden Ukrainadagi uruş haqida
«Putin Ukrainaga kirganida, u Kiyevni bir neça kun içida zabt etaman deb öylagan edi. Lekin haqiqat şuki, bu uruş boşlanganidan beri Kiyev markazida u emas, faqat men turganman», — deya ta’kidladi prezident.
«Mana endi, oradan uç yil ötib, Putin öz strategik maqsadlaridan birortasini amalga oşira olmadi. U Ukrainani öziga böysundira olmadi, NATO birligini buzmadi va yirik hududiy yutuqlarga erişa olmadi», — dedi Bayden.
Şu bilan birga, u Ukrainani qöllab-quvvatlaşni davom ettirişga çaqirdi. Rossiya qöşni davlatga bostirib kirişi boşlanganidan beri Qöşma Ştatlar Ukrainaga har qanday ittifoqdoşi orasida eng katta yordam körsatdi, deya eslaydi AFP: «Sönggi oylarda Bayden yana bir bor qurol yetkazib beriş va bu mamlakatga moliyaviy yordam körsatişni kuçaytirdi».
AQŞ ittifoqçilarini mustahkamlaş haqida
Umuman olganda, Bayden AQŞ prezidenti bölgan davrida «Amerika kuçayib ketdi, ittifoqçilari kuçaydi», deb hisoblaydi. Qöşma Ştatlar «global raqobatda ğalaba qozonmoqda», bu boradagi başoratlarga qaramay, Xitoy undan ötib keta olmaydi, Rossiya va Eron esa Qöşma Ştatlar iştirok etmagan uruşlarda zaiflaşgan, deyiladi prezident nutqida.
«Tört yil oldingi bilan soliştirganda, Amerika kuçliroq, ittifoqlarimiz kuçliroq, duşmanlarimiz va raqobatçilarimiz zaifroq, - dedi Bayden. - Biz bunga erişiş uçun uruşga kirişmadik».
Bayden Yaqin Şarqdagi mojaro haqida







