Ğazo böyiça muzokaralar, HAMASning yangi yetakçisi va Eronda energetik inqiroz - kun dayjesti
|17:59 / 14.01.20255 3119 min
Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqealar va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomamizda taniştiramiz.
Ğazodagi humanitar inqiroz
BMTning Jahon oziq-ovqat dasturi ma’lumotiga köra, Ğazo sektori şimolida sönggi ikki oy içida oziq-ovqat yordami deyarli yetkazilmagan, bu hududni eksklavdagi oçarçilikka eng kuçli duçor bölgan mintaqaga aylantirgan.
Hozirda ruxsat etilgan oziq-ovqat hajmi oçlik iskanjasida qolganlarning uçdan bir qisminigina töyğizişga yetmoqda. Volontyorlar yemak uluşlarini bosqiçma-bosqiç kamaytirişga majbur bölmoqda.
Bugunga kelib Isroilning töxtamayotgan hujumlari oqibatida Ğazo sektorida qurbonlar soni 46 ming 584 kişiga yetgan bölib. Faqat sönggi sutka içida 19 kişi Isroil hujumlari qurboni böldi.
HAMASga yangi yetakçi tayinlandi
Isroil tomonidan öldirilgan Yahyo Sinvarning örnini uning ukasi, 50 yoşli Muhammad Sinvar egalladi. Bu haqda The Wall Street Journal öz manbalariga tayanib xabar berdi.
Muhammad Sinvar «Soya» laqabi bilan tanilgan bölib, maxfiylikda işlaşni afzal köradi. U Yahyo Sinvarning yaqin şerigi va HAMASning sobiq harbiy rahbari Muhammad Deyf bilan yaqin munosabatda bölgan. Ayni paytda, Muhammad Sinvar HAMASning Ğazodagi bölinmasini qayta tiklaş işlarini boşqarmoqda.
HAMAS rasman Muhammad Sinvarni yangi yetakçi sifatida e’lon qilganiça yöq. Unga qarşi bir qator jiddiy da’volar mavjud: Isroil maxsus xizmatlari uni 2006 yildagi Gilad Şalitning öğirlanişiga mas’ul deb hisoblaydi, ammo buni HAMAS tasdiqlamagan.
Ğazo böyiça muzokaralar
Turkiyaning Milliy razvedka taşkiloti (MİT) rahbari Ibrohim Qalin HAMAS siyosiy byurosi vakillari bilan telefon muloqotini ötkazdi. Uçraşuvda öt oçişni töxtatişga erişiş yölidagi sa’y-harakatlarni muhokama qilgani ma’lum qilindi.
Ayni vaqtda Qatar poytaxti Dohada ham Isroil va HAMAS örtasidagi muzokaralarda «muhim ildamlaş» qayd etilgani haqida Reuters agentligi xabar berdi. Qatar rasmiylari har ikki tomonga öt oçişni töxtatiş va asirlarni ozod qiliş haqidagi yakuniy kelişuv loyihasini taqdim etdi.
Mavzuga oid
Muzokaralarga yaqin manbaga köra, keyingi 24 soat kelişuvga erişişda hal qiluvçi böladi. Uşbu jarayonda «Mossad» va «Şin Bet» rahbarlari, Qatar boş vaziri, Donald Tramp ma’muriyatining maxsus vakili Stiv Uitkoff hamda Jo Baydenning maxsus vakili Brett Makgerk qatnaşgan.
Har ikki delegatsiya loyihani qabul qilib, öz rahbarlariga taqdim etgan.
Isroilning Livanga havodan hujumi
Isroil havo kuçlari Livanning şarqiy hududlariga havo hujumlari amalga oşirdi. Bu bilan ular 2024 yilning 27 noyabrida kuçga kirgan öt oçişni töxtatiş kelişuvini yana buzişdi.
Hujumlar Baalbek şarqiga yaqin joylaşgan Jinta şahri atrofida amalga oşirildi. Isroil armiyasi hujumdan maqsad «Hizbulloh»ning Livan va Suriya çegarasidagi qurol-yaroğ kontrabandasi yöllarini yöq qiliş ekanini ma’lum qildi.
Tinçlik kelişuviga köra, Livan hukumati «Hizbulloh» yoki boşqa qurolli guruhlarning Isroilga hujum qilişini töxtatişi şart. Şuningdek, Isroil fuqarolik, harbiy yoki davlat obektlariga hujum qilmaslik majburiyatini olgan.
Kelişuv böyiça Livan armiyasi 60 kun içida Isroil qöşinlarini janubiy hududlardan çiqarib, örnini egallaşi lozim. Ammo Isroilning hujumlari uşbu şartlarni bajarişni xavf ostida qoldirmoqda.
Suriyadagi qoçqinlar taqdiri
Suriyaning yangi hukumati rahbari Ahmad aş-Şara’ Başar Asad rejimi ağdarilgandan söng ikki yil içida 14 milliongaça qoçqin yurtiga qaytişini ta’kidladi qaytiş jarayoni allaqaçon boşlanganini ta’kidladi.
«Xorijda faqat 1–1,5 million suriyalik qoladi», — dedi Aş-Şara’. U Asad rejimi davrida davlat institutlaridan xalqni zulm ostida uşlaş, qiynoqlar va öldirişlarda foydalanilganini keskin tanqid qildi.
Ahmad aş-Şara’ Suriyada ijtimoiy birlik va totuvlikni ta’minlaganini, şuningdek, amnistiya siyosatini qöllab-quvvatlaşini ta’kidladi. Amnistiya qiynoqlar, ommaviy qatllar va portlaşlarda ayblangan şaxslarga tatbiq etilmasligini aytdi.
«Inqilob yakunlandi. Endilikda davlatçilik yöliga ötiş zarur. Bizning maqsad — intiqomsiz ğalaba va mamlakatda uzoq muddatli tinçlikni ta’minlaş», — dedi u.
Ukrainaga yordam
Germaniya taşqi işlar vaziri Annalena Berbok Ukrainaga ajratiladigan yordam hajmini qisqartirişga qarşi çiqdi.
Uning fikriça, yordamni kamaytiriş Ukrainaning himoya qobiliyatini zaiflaştirişi mumkin. Berbok «Ukrainani qöllab-quvvatlaş Yevropada xavfsizligimizni ta’minlaşning eng yaxşi yöli», deya ta’kidladi.
Berbok Berlinning Ukrainaga qurol yetkazib beriş uçun ajratgan 7 mlrd yevrolik yordamini saqlab qolişni talab qilmoqda.
Avvalroq Germaniya kansleri Olaf Şols Kiyevga taşqi işlar vaziri va mudofaa vaziri Boris Pistorius tomonidan ilgari surilayotgan 3 mlrd yevrolik qöşimça yordam ajratilişiga qarşi ekanini xabar qilgan edi.
Berbok şuningdek, u Rossiyaning «soyadagi floti» Yevropadagi ekologik va iqtisodiy xavfsizlikka tahdid solayotganini qayd etdi.
Unga köra, Rossiya Federatsiyasining «soyadagi floti» sanksiyalar ostida va aslida dengizga umuman çiqmasligi kerak. Berbok Moskva qasddan lomga yuborilişi kerak bölgan kemalar iştirokida avariyalar sodir bölişiga yöl qöyayotganini qayd etgan.
Canksiyalar neft narxini oşirdi
13 yanvar kuni neft narxi AQŞning Rossiya energetika sektoriga kiritgan yangi sanksiyalari fonida oxirgi oylardagi eng yuqori körsatkiçga yetdi.
Brent markali neft narxi 2 foizga oşib, barreliga 81,49 dollarga yetdi, bu 2024 yil avgustidan buyongi eng yuqori körsatkiçdir. AQŞda işlab çiqariladigan neft WTI markali neft narxi ham barreliga 78,39 dollarga kötarilib, oktyabr rekordini ortda qoldirdi.
10 yanvar kuni AQŞ Rossiya energetika sektoriga nisbatan yangi sanksiyalarni joriy etganini e’lon qildi. «Gazpromneft», «Surgutneftegaz», neft savdosi bilan şuğullanuvçi kompaniyalar va Rossiyaning «tengsiz floti»ga tegişli kemalar sanksiyalar röyxatiga kiritildi.
Buyuk Britaniya ham uşbu çoralarni qöllab-quvvatladi. AQŞ Milliy iqtisodiy kengaşi direktori Dalip Singh bu çoralarni «öta muhim» deb atab, ular Rossiya iqtisodiyotiga har oy milliardlab dollar zarar keltirişi mumkinligini bildirdi.
Eronda energetik inqiroz
Eron hukumati bir neçta elektr stansiyalarida yoqilği tanqisligi tufayli maktablar va jamoat binolarini yopişga qaror qildi. Bu çoralar mamlakatning bir neçta viloyati, jumladan, Tehron, Qum, Mozandaron va Ardabilni qamrab oldi.
Mazkur qaror eskirgan infratuzilma anomal sovuqlar sabab keskin oşgan energiya sarfini kötara olmayotgani tufayli qabul qilindi. Hatto neft va gaz zaxiralari boy bölgan Eron ham uzoq yillik sanksiyalar tufayli elektr ta’minotini çeklaşga majbur bölmoqda.
Eron bu kabi energetik inqirozga ilgari ham duç kelgan. Noyabr oyida yuz bergan ommaviy elektr uzilişlari tufayli maktablar bir neça kunga yopilgan edi.
Kaliforniyadagi örmon yonğinlari
Los-Anjyelesdagi hududiy yonğinlarda halok bölganlar soni 24 nafarga yetdi. Hujjatlaştiriş jarayoni davom etar ekan, bu raqamlar yana ortişi mumkin.
Yonğin tufayli 150 mingdan ziyod kişi evakuatsiya qilindi, yana 87 ming odam evakuatsiya hududida. 12 mingdan ortiq uy va binolar töliq vayron böldi.
Şiddatli şamol yonğinlarni tarqatişda davom etmoqda. Janubiy Kaliforniyada qöşimça yordam guruhlari va texnikalar jalb etilgan.
Maşhur şaxslar ham bu ofatdan jabr körişdi. Peris Hilton, Bella Hadid, Entoni Hopkins, Adam Broudi, Jon Gudmen, Billi Kristal, Jyeff Brijyes va Mel Gibson kabi yulduzlar öz uylarini tark etdi. Ben Afflek va Harrison Ford ham evakuatsiya qilinganlar qatoridan joy oldi. AQŞ vitse-prezidenti Kamala Harrisning qasri ham yonğin xavf solayotgan hududda joylaşgan.
Hujum oqibatlari katta iqtisodiy zarar keltirgan. Umumiy ziyon 52–57 mlrd dollarga baholanmoqda.