Janubiy Koreyaning lavozimidan çetlatilgan prezidenti Yun Sok Yol qarorgohining taşqi qismini qöriqlaşga jalb etilgan harbiy bölinma obekt hududida huquq-tartibot organlari xodimlarining kirişiga ruxsat berdi, deb yozmoqda Yonhap agentligi.

Korrupsiyani tergov qiliş boşqarmasi (CIO) sörovidan keyin poytaxt mudofaasi qömondonligiga böysunuvçi bölinma CIO tergovçilari, politsiya va Mudofaa vazirligi xodimlarining qarorgohga kiritilişiga rozi bölgan.

Yonhap’ning qayd etişiça, uşbu qadam Yun Sok Yolni hibsga olişda yordam berişi kerak: 15 yanvar kuni ertalab uni hibsga olişga ikkinçi marta uriniş amalga oşiriladi.

Avvalroq Yun Sok Yol qöriqçilari qarorgoh hududiga zöravonlik bilan kiriş qonunbuzilişi sifatida baholanib, bunday harakatlarga qarşi çora körilişini ma’lum qilgandi. 14 yanvar kuni Janubiy Koreya Konstitutsiyaviy sudining impiçment işi böyiça birinçi yiğilişi Yun Sok Yolning özi yöqligi bois tört daqiqa davom etgan xolos va 16 yanvarga qoldirilgan.

Eslatib ötamiz, mamlakat prezidenti Yun Sok Yol işini tergov qilayotgan janubiy koreyalik tergovçilar 3 yanvar kuni Seuldagi qarorgohiga uni qölga oliş uçun yetib borgandi. Ammo qöriqlaş xizmati Janubiy Koreya prezidentini hibsga olişga xalaqit bergan edi.