2025 yilga möljallangan davlat dasturi loyihasi muhokama uçun e’lon qilindi.
Amerika Qöşma Ştatlari bilan yangi davrdagi strategik şeriklik aloqalarini yanada çuqurlaştiriş çoralarini köriş rejalaştirilmoqda.
AQŞ yangi ma’muriyati vakillari bilan yaqin hamkorlik aloqalari örnatiladi, oliy darajadagi taşrif taşkil etiladi.
AQŞ bilan Kengaytirilgan strategik şeriklik muloqotining dastlabki raundi Toşkent şahrida yuqori saviyada ötkaziladi.
C5+1 formati doirasida hamkorlik faollaştiriladi, jumladan, vazirlar uçraşuvi, tegişli “işçi guruhlar” yiğilişlari hamda uşbu format taşkil topganligining 10 yillik yubiley sammitini Samarqandda ötkaziş masalalari işlab çiqiladi.
Parlamentlararo hamkorlik aloqalari kengaytiriladi, xususan, Kongress yetakçi a’zolarining Özbekistonga taşriflari amalga oşiriladi.
Amerika qit’asi mamlakatlaridan salohiyatli investorlar Özbekistonga jalb qilinadi, ular iştirokida turli biznes-forumlar, körgazmalar va boşqa tadbirlarni taşkil etiş orqali savdo-investitsiyaviy hamkorlik jadallaştiriladi.
AQŞ bilan xavfsizlik hamkorlik aloqalari kengaytiriladi.
AQŞ hukumati tomonidan e’lon qilinadigan inson mezoniga oid turli hisobotlarda Özbekistonning yuqori örnini saqlab qoliş böyiça yaqin hamkorlik aloqalari davom ettiriladi.
AQŞ bilan ta’lim, ilm-fan, soğliqni saqlaş, atrof-muhit va boşqa sohalarda aloqalar kengaytiriladi, xususan, universitetlararo hamkorlik, ingliz tilini öqitiş, fan va ekologiya sohalarida qöşma loyihalar amalga oşiriladi.







