Samarqand şahrining Kimyogarlar qörğonida 17 kişi qölbola spirt iste’mol qilib vafot etgani taxmin qilinmoqda. Xususan, Nurafşon mahallasida sönggi 4 kun içida 7 kişi ölgan. Bu haqda mahalla raisi Kun.uz muxbiri bilan suhbatda ma’lum qildi.
Guvohlar ular mahalladagi dökonlarlardan birida yaşirinça sotilgan spirtni «baklaşka»da xarid qilişganini aytişmoqda.
Umuman, Samarqand şahrining beşta mahallasi va unga yondoş bölgan Past Darğom tumanining Nayman mahallasida 9—12 yanvar kunlari vafot etgan jami 17 kişi metil spirtdan zaharlangan bölişi mumkin.
Ölganlarning barçasi 45-65 yoş orasidagi va spirtli içimliklarga ruju qöygan odamlar bölgan. Ularning faqat bir nafari ayol kişi va qolgan barçasi erkak.

Holat böyiça Jinoyat kodeksining 186-moddasi ( Xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni ötkaziş maqsadini közlab işlab çiqariş, saqlaş, taşiş yoxud ötkaziş, işlar bajariş yoki xizmatlar körsatiş) 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda 75 va 57 yoşli ikki fuqaro gumonlanuvçi sifatida tergovga jalb qilingan.
Ayni paytda viloyat huquq tartibot organlari tomonidan ekspertiza va tergov tekşiruv işlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, Boş prokuratura 13 yanvar kuni mazkur zaharlaniş holati böyiça rasmiy bayonot berib, dastlabki ma’lumotlarga köra 5 kişi vafot etgani haqida xabar bergandi.








