Transport vazirligi va Birlaşgan Arab Amirliklarining JETEX kompaniyasi örtasida fuqaro aviatsiyasi sohasida yangi istiqbolli loyihalarni amalga oşiriş böyiça hamkorlik memorandumi imzolandi.
Transport vaziri Ilhom Maxkamov hamda JETEX kompaniyasi ta’sisçisi Adel Mardini bilan ötkazilgan uçraşuvda imzolangan uşbu memorandum doirasida «Toşkent-Şarqiy» aeroportida FBO şaklida davlat xususiy şerikçiligi asosida VIP va CIP mijozlarga xizmat körsatişni taşkil etiş böyiça investitsion loyiha amalga oşiriladi.
Jumladan, kiçik aviatsiya sohasida ta’mirlaş, sotiş va saqlaş xizmatlari yölga qöyiladi va VIP taksi joriy etiladi. Ta’kidlanişiça, bu turizm sohasining rivojlanişiga ijobiy ta’sir körsatadi hamda VIP mijozlar uçun qulaylik yaratadi. Qolaversa, biznes aviatsiya sohasida 200 dan köproq yuqori malakali iş örinlari yaratiladi.
JETEX kompaniyasi 2005 yilda taşkil etilgan bölib, 5 qit’ada 30 ta biznes birlaşmasiga ega global tarmoqni taşkil etgan. Butun dunyo böylab 50 dan ortiq nuqtalarda, jumladan Yaqin Şarq, Yevropa, Osiyo-Tinç okeani mintaqasi, Afrika va Amerikada kunu tun mijozlarga xizmat körsatiş bilan şuğullanadi.
FBO (Fixed Base Operator) – aeroportlarda havo kemalari va yölovçilarga kompleks servis xizmatlari körsatuvçi, xususan, havo kemalariga yoqilği quyiş, töxtaş joyi, angarda saqlaş, texnik va ta’mirlaş xizmatlarini körsatiş, havo kemalarini ijaraga beriş, çarterlarni sotiş, taksi va yana boşqa köplab xizmat turlarini körsatuvçi taşkilotdir.








