AQŞ Kongressining Vakillar palatasi transgenderlarning maktabdagi qizlar sport jamoalari tarkibida iştirok etişini taqiqlovçi qonun loyihasini ma’qulladi. Hujjat 218 ovoz bilan ma’qullandi, 206 nafar kongressmen unga qarşi böldi.

Qonun loyihasi sport jamoalarida transgenderlar bölgan maktablarni moliyalaştirişdan mahrum qiladi.

Demokratlar loyihani tanqid qilib, buni öquvçilarning şaxsiy hayotiga tajovuz deb atadi.

Kelişmovçilik qonunning qanday amalga oşirilişi böyiça yuzaga keldi.

Respublikaçilar öquvçilar jinsini tuğilganlik guvohnomasi orqali tekşirişni taklif qilişdi. Demokratlar esa bu «kiçkina qizlarning jinsiy a’zolarini tekşirişga» olib kelişini ta’kidladi, çunki ba’zi tuğilganlik guvohnomalarida jins «interseks» deb körsatilgan.

Kongressmen Greg Stubi ovoz beriş natijalarini şarhlar ekan, bu taşabbus ayol sportçilar uçun «şartlarni tenglaştirişga» qaratilganini aytdi. Uning ta’kidlaşiça, köpçilik odamlar erkaklarning ayollar sportida iştirok etişini «yöl qöyib bölmas hodisa» deb hisoblaydi.

2024 yil dekabr oyi örtalarida AQŞ saylangan prezidenti Donald Tramp öz boşqaruvi davrida hukumat faqat ikki jins: erkak va ayolni tan oliş böyiça rasmiy siyosatga amal etişini e’lon qilgan edi.