«Diktatorlarga ta’zim qilyapti» - Slovakiya bosh vaziri Fitso iste’foga chiqarilishi mumkin
Slovakiya muxolifati bosh vazir Robert Fitsoga ishonchsizlik votumini e’lon qilishni rejalashtirmoqda.
Slovakiya muxolifati parlamentga Robert Fitso hukumatiga ishonchsizlik votumi bo‘yicha sessiya chaqirish taklifini kiritmoqchi. Bu haqda Slovakiya parlamentida vakili bo‘lgan barcha muxolif partiyalar nomidan Yevropaparast «Progressiv Slovakiya» partiyasi rahbari Mixal Shimechka ma’lum qildi.
«Biz navbatdan tashqari sessiya chaqirish uchun imzolarni topshiramiz, so‘ngra bahs yuritamiz va shundan so‘ng hukumatga ishonchsizlik votumini bildirmoqchimiz», dedi u.
Bir kun avval Shimechka muxolifat yaqin kunlarda prezidentga ishonchsizlik votumi o‘tkazish bo‘yicha parlamentga taklif kiritishini ma’lum qilgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, «Fitso Slovakiyani tark etdi» va mamlakat ishlari bilan shug‘ullanish o‘rniga, «dunyo bo‘ylab uchyapti, diktatorlarga ta’zim qilyapti va Vetnamda hashamatdan zavqlanmoqda».
Avvalroq, 2024 yil dekabrida Fitso Kremlda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar o‘tkazgan edi. Davlat rahbarlari Ukraina orqali gaz tranziti masalasini muhokama qildi. Ukraina va «Gazprom» o‘rtasidagi gaz yetkazib berish bo‘yicha shartnoma muddati 1 yanvarda tugagan. Fitso Ukrainaning harakatlari tufayli Slovakiya «gaz inqirozi»ga duch kelganini ta’kidladi.
Shu bilan birga, Slovakiya parlamenti vitse-spikerining so‘zlariga ko‘ra, Fitso Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning taklifiga binoan 17 yanvar kuni u bilan gaz tranziti masalasini muhokama qilish uchun Kiyevga bormaydi.
Mavzuga oid
13:58 / 24.01.2025
O‘zbekiston - Slovakiya siyosiy maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi
11:55 / 23.01.2025
Fitso davlat to‘ntarishi tahdidi yuzasidan Slovakiya Xavfsizlik kengashini chaqirdi
00:40 / 22.01.2025
Slovakiya muxolifati Robert Fitsoga ishonchsizlik votumi beriladigan yig‘ilishdan chiqib ketdi
11:21 / 17.01.2025