Germaniya Yevropa Ittifoqining boşqa davlatlaridan Suriyaga nisbatan joriy etilgan sanksiyalarni yumşatiş masalasini körib çiqişni söraydi. Gap Suriya aviakompaniyasiga nisbatan çoralar bekor qilinişi va qimmatbaho tovarlar, jumladan, avtotransport vositalarini sotişga qöyilgan çeklovlar, neft-gaz sohasida texnologiyalar eksportiga qöyilgan taqiqning bekor qilinişi, şuningdek, bank sektoridagi ayrim operatsiyalarning tiklanişi haqida bormoqda. Bu haqda DW 14 yanvar, seşanba kuni kuni öz qölidagi diplomatik hujjatga tayanib xabar berdi.

Unda aytilişiça, Germaniya va boşqa qator Yevropa davlatlari, jumladan Fransiya, Ispaniya va Niderlandiya sanksiyalarni yumşatiş «Suriyadagi hokimiyatning tinç yöl bilan almaşinişini rağbatlantiriş vositasiga aylanişi mumkin, u Suriyaning barça qatlamlarini himoya qiliş va vakilligini kafolatlaşi lozim».

12 yanvar kuni tarqatilgan va Germaniya tomonidan qöllab-quvvatlangan hujjatda bir guruh Yevropa davlatlari Yevropa Ittifoqini «tezkor va oldindan şartlarsiz töxtatilişi» mumkin bölgan bir qator jazo çoralarini «aniqlaş»ga çaqiradi. Uning mualliflari fikriça, Yevropa Ittifoqi «özini iqtisodiy öyinçi sifatida körsatiş va Rossiya ta’sirini kamaytiriş uçun noyob imkoniyatga ega».

Yevropa Ittifoqi sanksiyalarni tiklaş uçun joy qoldirişga çaqirmoqda

Ayni paytda, DW bilan suhbatlaşgan, ismini oşkor qilmagan yevropalik diplomat Yevropa Ittifoqi Suriyada hokimiyatning tinç yöl bilan ötişini osonlaştiriş, şu bilan birga, qandaydir ta’sir kuçini saqlab, iqtisodiy faollikni tiklaşga kömaklaşiş niyatida ekanini aytdi. Şuningdek, uning sözlariga köra, Yevropa Ittifoqi suriyalik qoçqinlarning kelajakda öz vatanlariga qaytişi uçun qulay şaroit yaratişga intilmoqda.

Şu bilan birga, hujjat mualliflari Suriyaning yangi rasmiylari YeI umidlarini oqlamagan taqdirda sanksiyalarni tezda tiklaş imkonini beruvçi mexanizmni işlab çiqişni tavsiya qiladi.

YeI kengaşi yanvar oxirida Suriyaga qarşi sanksiyalarni yumşatişni muhokama qiladi

Germaniya 27 yanvar kuni Bryusselda bölib ötadigan YeI taşqi işlar vazirlarining yiğilişi iştirokçilari muhokamasiga Suriyaga qarşi sanksiyalarning ayrimlarini bekor qiliş mumkinligi masalasini kötarişi mumkin. Bu boradagi har qanday qaror Yevropa Ittifoqining barça 27 davlati tomonidan qöllab-quvvatlanişi kerak.

DW diplomatik manbasiga köra, sanksiyalarni yumşatiş böyiça jiddiy e’tirozlar kutilmayapti. AQŞ Moliya vazirligi Suriya prezidenti Başar Asad rejimiga qarşi joriy qilingan sanksiyalarning bir qismini allaqaçon yumşatgan.