Hozirda avtobus bekatlari atrofiga örnatilgan Paynet, Multipay hamda Oson infokiosklari yölovçiga naqd pulda qaytim bermaydi. Bir martalik QR-çipta xarid qiliş uçun 3 000 sömdan ortiq kiritilgan mablağ foydalanuvçining telefon raqami hisobiga taşlanadi. Qaytimni elektron hamyon yoki kartalarga ötkazib oliş imkoniyati ham joriy qilinmagan.

16 yanvar kuni “Toşşahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan “Toşkent şahar avtobus yönalişlari faoliyatidagi özgarişlar” mavzusida matbuot anjumani ötkazildi. Unda infokiosklardan bir martalik çiptalarni xarid qiliş bilan boğliq masalalarga töxtalindi.

“Toşşahartransxizmat” AJ raisi örinbosari Rustam Şomurodovning ta’kidlaşiça, infokiosklar qaytim bermaslik masalasini hal qilişning iloji yöq:

“Bu texnologik jarayon, ayni vaqtda masalaga yeçim topiş imkonsiz. Naqd pulda qaytimni beradigan infokiosklar ularni örnatayotgan tadbirkorlarda mavjud emas. Ikkinçi tomondan, bunday qurilmalar juda qimmat, iqtisodiy jihatdan özini oqlamasligi mumkin”, - deydi u.

Mas’ulning qöşimça qilişiça, Paynet kompaniyasi tomonidan poytaxt böylab qöşimça 2700 ta oflayn şoxobça taşkil etilgan. Mazkur şoxobçalar faoliyati QR-çipta xarid qilişni bilmagan yölovçilarga yordam beriş maqsadida yölga qöyilgan. U yerdan çipta sotib olinganda yölovçilarga qaytim naqd pul şaklida qaytarilişi mumkin.

Qaytimni elektron hamyon yoki plastik kartalarga ötkazib beriş borasidagi savollar esa oçiq qoldirildi.