Los-Anjyeles okrugidagi yirik örmon yonğinlari kamida 25 kişining hayotiga zomin böldi. Bu haqda 14 yanvar, seşanba kuni mahalliy hokimiyat organlariga tayanib, CNN telekanali xabar berdi. Ularga köra, 17 kişining ölimi Pasadena yaqinidagi yonğin bilan boğliq, sakkiz kişi Pasifik-Paliseyds hududidagi yonğin tufayli halok bölgan. Los-Anjyeles politsiya departamenti matbuot kotibi Stiv Embriç matbuot anjumanida mintaqada yana 13 kişi bedarak yöqolgani, ammo halok bölgan deb taxmin qilinmayotganini bildirdi.

Pasifik-Paliseydsda 14 kişi hibsga olindi

Politsiya Pasifik-Paliseydsdagi yonğin bilan boğliq işda 14 kişini, jumladan, öt qöyişda gumon qilingan uç kişini hibsga oldi, dedi Embriç. Hibsga oliş uçun boşqa asoslar qatoriga komendantlik soatini buziş, özini öt öçiruvçilar yoki politsiya xodimlari sifatida körsatiş, vandalizm va öğrilik kiradi. «Talonçilik nafaqat mulkka qarşi jinoyat, balki evakuatsiya qilingan aholini xavfsizlik hissidan ham mahrum qiladi va bunga toqat qilib bölmaydi», — dedi Embriç.

Bir neça kun oldin politsiya talonçilar sababli yonğindan jabrlangan hududlarda soat 18:00 dan 6:00 gaça komendantlik soati joriy qilgandi.

Şu bilan birga, Los-Anjyeles rasmiylari yonğinlarga qarşi kuraşda muvaffaqiyat qozonganini e’lon qildi. Xususan, ularga köra, Pasifik-Paliseydsdagi yonğin 14 foizga öçirilgan, Posadena yaqinidagi yonğin esa 33 foizga nazorat ostida.

Bayden yonğinlar hududini falokat zonasi deb e’lon qildi

AQŞ prezidenti Jo Bayden Kaliforniyadagi örmon yonğinlari qurbonlariga federal yordam körsatiş uçun uşbu yerlarni falokat hududi deb e’lon qildi. Pentagon matbuot kotibi örinbosari Sabrina Singx yonğinlarga qarşi kuraşiş uçun Kaliforniyaga qöşimça kuç va texnika yuborilişini aytdi. Uning sözlariga köra, yonğinga qarşi kuraş hozirgi ob-havo şaroiti tufayli qiyinlaşmoqda, kuçli şamol sababli yonğinni aviatsiya yordamida öçirişning iloji yöq.