Oqdaryo suv omborida yoriqlar paydo bo‘lgani rad etildi. Yolg‘on xabar tarqatgan ikki fuqaro jarimaga tortilgan
Samarqand viloyatining Ishtixon tumanida joylashgan Oqdaryo suv omborida yoriqlar paydo bo‘lgani va suv sathi me’yordan oshib ketgani haqidagi xabarlar tasdiqlanmadi. Aslida suv omborida joriy ta’mirlash ishlari olib borilgan. Buni videoga olib, yolg‘on xabar tarqatgan 2 kishiga 7,5 mln so‘mdan jarima jazosi tayinlandi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Ishtixon tumanidagi Oqdaryo suv omborida yoriqlar paydo bo‘lgani haqidagi videolavha tarqaldi. Tuman hokimligi holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
Hokimlikka ko‘ra, suv omborida hech qanday nosozliklar yoki xavfli holat yuzaga kelmagan. Suv sathi me’yoriy darajada bo‘lib, damba va unga tegishli infratuzilmalar barqaror holatda ishlamoqda. Barcha obektlar doimiy ravishda mutaxassislar tomonidan nazorat qilinyapti.
“Oqdaryo suv ombori strategik ahamiyatga ega inshoot sifatida qonunchilikka muvofiq ravishda texnik ko‘rikdan o‘tkazilib, uning xavfsizligi to‘liq ta’minlangan”, deyiladi hokimlik munosabatida.
Tarmoqlarda tarqalgan videolavhani ikki fuqaro tasvirga olib, tarqatgani ma’lum bo‘ldi. Sud qarori bilan ularga ma’muriy jarima jazosi qo‘llandi.
Qarorda keltirilishicha, Ishtixon tumanida yashovchi, 1988 yilda tug‘ilgan J.H. hamda Kattaqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan M.P. 2025 yil 10 yanvar kuni suv omborining janubiy-g‘arbiy qismi qirg‘og‘ida joriy ta’mirlash ishlari olib borilayotganini o‘zlarining telefonlariga tasvirga olishgan. So‘ngra uni “Mana Ishtixon tumani suv omborida suv toshib ketishiga oz qoldi, suv omboram ketay dedi” deya tarqatishgan.
Har ikki shaxs sud qarori bilan MJtKning 202-2-moddasi (yolg‘on axborot tarqatish) 2-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilgan. Ularning har biriga BHMning 20 baravari miqdorida (7,5 mln so‘mdan) jarima jazosi tayinlangan.
So‘nggi yangiliklar
-
BMT bosh kotibi 2025 yildagi asosiy tahdidlarni sanadi
Jahon | 21:11 / 22.01.2025
-
Tramp Kanadaga nisbatan «adolatsiz tariflar» joriy qilsa, keskin javob qaytaramiz - bosh vazir Tryudo
Jahon | 02:27
-
Shanxayda odamsimon robotlarni tayyorlaydigan baza ochildi
Fan-texnika | 00:09
-
Luvr direktori muzeyning avariyaviy holatda ekanidan shikoyat qildi
Jahon | 00:00
Mavzuga oid
16:54 / 14.01.2025
Samarqanddagi Shirin shaharchasida yerusti metrosi quriladi
20:46 / 07.11.2024
Prezident 10 ta sel suv ombori qurish ishlarini boshlashni buyurdi
10:16 / 06.11.2024
O‘zbekistonda suv omborlari to‘g‘onlari siljishi kosmik nazoratga olinadi
08:23 / 28.09.2024