Uçraşuvda Masdar kompaniyasi rahbari Muhammad Jamil al-Ramahiy, TAQA rahbari Jasim Husayn Tabet, TAQA Water Solutions rahbari Ahmad al-Şamsiy va Etihad Water & Electricity rahbari Yusuf al-Ali ham iştirok etdi.

Mazkur kompaniyalar energiya va suv ta’minoti, tozalaş tizimlarini boşqariş sohasida jahondagi yetakçi işlab çiqaruvçi va operatorlar hisoblanadi.

Mamlakatda "yaşil" energetika, kommunal xizmat körsatiş tarmoqlarini modernizatsiya qiliş va içimlik suvi ta’minotini yaxşilaş böyiça investitsiya loyihalarini amalga oşiriş rejalari körib çiqildi.

Davlat rahbari energetika sohasidagi strategik şeriklik ikki tomonlama hamkorlikning lokomotivi bölib xizmat qilayotganini qayd etdi.

Bu borada umumiy qiymati 1,5 milliard dollarlik 5 ta loyiha birgalikda işga tuşirildi. Dekabr oyida Navoiy viloyatida quvvati 500 megavatt bölgan şamol elektr stansiyasi işga tuşirildi, yana bir qator obektlar qurilişi faol bosqiçga kirgan.

Özbekiston prezidenti kompaniyalarning mamlakat hududlarida mavjud issiqlik elektr stansiyalari quvvatlarini kengaytiriş, past kuçlanişli elektr tarmoqlarini modernizatsiya qiliş, yangi GESlar, elektr energiyasini saqlaş tizimlari, yirik quyoş va şamol stansiyalari qurilişini jadallaştiriş borasidagi rejalarini qöllab-quvvatladi.

Bundan taşqari, davlat-xususiy şeriklik tamoyillari asosida suv ta’minoti tarmoqlarini rivojlantiriş va yangi tozalaş inşootlarini barpo etiş uçun keng imkoniyatlar mavjudligi qayd etildi.