15 yanvar kuni Abu-Dabi şahridagi «Qasr aş-Şati»qarorgohida Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Birlaşgan Arab Amirliklari prezidenti Şayx Muhammad Ol Nahayon tor doirada hamda rasmiy delegatsiyalar a’zolari iştirokida muzokara ötkazdi.

Uçraşuv avvalida Özbekiston prezidenti BAA prezidentiga taşrif bilan keliş taklifi va samimiy qabul uçun minnatdorlik bildirdi hamda «Abu-Dabi barqaror rivojlaniş haftaligi» muvaffaqiyatli ötkazilgani bilan tabrikladi.


Davlat rahbarlari Özbekiston-BAA döstlik va köp qirrali hamkorlik munosabatlarini, şu jumladan, siyosat, savdo-iqtisodiyot, investitsiya, innovatsiya, madaniy-gumanitar va boşqa ustuvor sohalarda yanada rivojlantirişning muhim masalalarini muhokama qilgan.
Özbekiston va Amirliklar xalqlarini muştarak tarixiy ildizlar, öxşaş an’ana va qadriyatlar, muqaddas islom dini çambarças boğlab turgani ta’kidlandi.
Özbekiston yetakçisining BAAga taşrifi ikki tomonlama munosabatlar tarixida yangi sahifa oçayotgani - ular strategik şeriklik darajasiga kötarilayotgani qayd etildi.

Sönggi yillarda tovar ayirboşlaş va investitsiyalar hajmi, qöşma korxonalar soni bir neça barobar oşdi. Töğridan-töğri aviaqatnovlar soni köpaydi, vizasiz tartib joriy qilindi.
Taşrif doirasida BAAning yetakçi kompaniyalari bilan yangi, asosan yuqori texnologik tarmoqlarda loyihalar portfeli şakllantirildi.
Siyosiy aloqalarni yanada mustahkamlaş maqsadida ikki mamlakat taşqi işlar vazirliklari örtasidagi muloqotni yanada rivojlantiriş muhimligi ta’kidlandi.
Yetakçilar iqtisodiy hamkorlikning yangi modelini, jumladan sun’iy intellekt, raqamlaştiriş, «yaşil» energetika, şaharsozlik va infratuzilma, turizm, xususiy biznes kabi 6 ta asosiy yönalişni belgilab oldilar. Har bir ustuvor soha böyiça alohida işçi guruhlar taşkil etişga kelişildi.
Tomonlar 2025-2027 yillarni «Özbekiston va BAA örtasidagi iqtisodiy hamkorlikning yangi davri» deb e’lon qiliş taklifini qöllab-quvvatladilar.









