Germaniya Polşa, Fransiya, Italiya va Buyuk Britaniyadan iborat "beşlik guruhi" böyiça hamkorlari bilan AQŞdagi prezidentlik saylovlaridan keyin Ukrainaga harbiy yordamni qanday oşirişni muhokama qilmoqda. Bu haqda 14 yanvar, seşanba kuni Kiyevda Ukraina rahbariyati bilan ötkazilgan qöşma matbuot anjumanida Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius ma’lum qildi.

«Beşlik guruhi»ni yaratiş taşabbusi ötgan yilning noyabrida, AQŞdagi prezidentlik saylovlaridan söng boşlangan edi. Men rojdestvo arafasida hamkasblarimni Berlinga taklif qildim, - dedi Pistorius DW muxbirining savoliga javoban. - Vaşingtondagi saylov natijalaridan qanday xulosalar çiqarişimiz kerakligi haqidagi birinçi uçraşuvimiz, avvalambor, bu Yevropa xavfsizligini ta’minlaş uçun kelajakdagi mudofaa xarajatlari nuqtayi nazaridan muhim edi. Uruşdan keyingi vaziyatni hisobga olgan holda ittifoqçilarimiz imkoniyatlarini, Ukrainani qöllab-quvvatlaşimizni qanday kuçaytirişimiz muhokama qilindi».

«Bu yölda biz muhokama qilmoqdamiz va dastlabki qarorlarni qabul qilmoqdamiz, bu iş Parijda bölib ötadigan navbatdagi yiğiliş ("beşlik guruhi" mudofaa vazirlari) arafasida davom etmoqda», — davom etdi Boris Pistorius. Muhokamaning asosiy yönalişlari qatorida u Ukrainadagi mudofaa qöşma korxonalari imkoniyatlarini kengaytiriş, Yevropa davlatlari va Ukraina örtasidagi hamkorlik darajasini oşiriş, bir-biridan ilğor tajribalarni özlaştirişni qayd etdi. Maqsad «Ukrainaga kerakli yordamni beriş uçun bundan keyin nima qiliş kerakligini aniqlaş», dedi Germaniya mudofaa vaziri.

Zelenskiy: Bugun Ukrainani himoya qilişni istamaganlar ertaga özini qanday himoya qiliş haqida öylaydi

Xuddi şu matbuot anjumani çoğida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy DW'ning Germaniyada bölib ötadigan navbatdan taşqari parlament saylovlari oldidan «Germaniya uçun muqobil» öng populistik partiyasi 20 foizdan köproq ovoz bilan ikkinçi örinda turganidan xavotirdami yoki yöqmi, degan savoliga şunday javob qaytardi: «Bilasizmi, ritorikaga qaramay... Yevropada ham, AQŞda ham köpçilik Ukraina faqatgina özini himoya qilmayapti, degan fikrda».

«Biz (umumiy) qadriyatlarni himoya qilmoqdamiz, Yevropa, demokratiya va erkinlikni himoya qilmoqdamiz, - dedi Zelenskiy. - Bizning harbiylarimiz öz örnidan qat’i nazar, hammani himoya qilmoqda. Menimça, bugun Ukrainani himoya qilişni istamagan har bir kişi ertaga özini qanday himoya qiliş haqida öylaşi kerak».