AMEA Power - qayta tiklanuvçi energiya sohasida tez sur’atda rivojlanayotgan kompaniya. 20 mamlakatda umumiy quvvati 6 gigavattdan ortiq bölgan loyihalar portfeliga ega. M42 innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda tibbiy xizmat körsatiş sohasida yetakçi kompaniyalardan biri hisoblanadi. IFFCO Group oziq-ovqat sohasida 100 dan ortiq brendlarni boşqaradi.

Energetika, innovatsiyalar, soğliqni saqlaş va oziq-ovqat sanoatida qöşma loyihalarni ilgari suriş hamda BAA kompaniyalari bilan innovatsion hamkorlikni kengaytiriş masalalari körib çiqildi.
AMEA Power kompaniyasi bilan hamkorlik jadal rivojlanib borayotgani qayd etildi. Şamol elektr stansiyalari, energiya saqlaş tizimlarini quriş, neft-kimyo sohasida yuqori texnologik işlab çiqarişlarni taşkil etiş loyihalarini jadallaştirişga alohida e’tibor qaratildi.

Bundan taşqari, M42 kompaniyasi bilan genomika sohasida, IFFCO Group bilan esa oziq-ovqat sanoati va maişiy kimyo uçun ingrediyentlar işlab çiqarişda özaro manfaatli şeriklikni mustahkamlaşga e’tibor qaratildi.









