Toshkent Kimyo Xalqaro Universitetining 250 dan ortiq talabalariga grantlar taqdim etildi
Toshkent Kimyo Xalqaro Universitetida 250 nafardan ortiq iqtidorli talabalar turli yo‘nalishlarda grantlarni qo‘lga kiritishdi.
Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti (TKXU) talaba yoshlarning ta’lim olish imkoniyatlarini yanada kengaytirish maqsadida yangi grant dasturlarini amalga oshirmoqda. Ushbu grantlar nafaqat iqtidorli, balki moliyaviy jihatdan qiynalayotgan talabalar uchun ham qo‘llab-quvvatlash ko‘rsatadi.
Universitetda grant dasturlari quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha taqdim etiladi:
- Ta’sischilar granti: Universitetning rivojlanishiga ko‘maklashgan 240 nafar shaxsning hissasini e’tirof etadi va ularga oliy ta’limga bo‘lgan imkoniyatlarni taqdim etadi.
- Nomdor grantlar: Iqtisodchi olim Ahmadjon O‘lmasov, akademik Murod Sharifxo‘jayev va universitetning birinchi rektori Janpolat Qudaybergenov xotiralarini abadiylashtirish maqsadida 15 nafar talaba grant bilan taqdirlanadi.
- Davlat grantlari: 20 nafar talaba muhandislik yo‘nalishidagi fanlarni o‘rganish uchun grantlarga ega bo‘ladi.
TKXUning Namangan filialida ham talabalar nomdor grantlar sovrindorlari orasiga kirishgani, universitet filiallari o‘rtasidagi sog‘lom raqobatni va muvaffaqiyatga erishish motivatsiyasini kuchaytirdi.
“Toshkent Kimyo Xalqaro Universitetida oldindan ta’sischi tomonidan beriladigan ichki grantlar mavjud. Bu talabalarga 15 foizdan 70 foizgacha bo‘lgan kontraktlarni to‘lab berishga qaratilgan. Undan tashqari davlat grantlari mavjud – bu 20 kishiga mo‘ljallangan. Bu o‘quv yilidan bizda ilk marotaba nomdor stipendiyalar joriy qilindi. Bu stipendiyalar akademik-olimlar Ahmadjon O‘lmasov, Murod Sharifxo‘jayev, Janpolat Qudaybergenov nomi bilan bog‘langan. Bu grantlar ilmiy ish bilan shug‘ullanuvchi, o‘z sohasini mukammal o‘zlashtira olgan talabalarga yo‘naltirilgan. O‘z sohasini yaxshi o‘rganib, xorijiy jurnallarda maqolalari bilan qatnashgan talabalar tanlab olindi. Ularning til bilish qobiliyatlariga ham e’tibor qaratdik, O‘zbekiston tarixini mukammal bilishi, IQ darajasi inobatga olindi”, - deydi universitet katta o‘qituvchisi Dildora Abduxalikova.
Shuningdek, Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti Janubiy Koreyaning Sungshin Woomens University bilan global ta’lim hamkorligi doirasida ikki nafar talabaga 100 foizlik grant ajratgani talabalar uchun yana bir noyob imkoniyat hisoblanadi.
Ushbu grant dasturlari orqali talabalarga ilmiy izlanish va ta’lim jarayoniga to‘liq e’tibor qaratish, moliyaviy qiyinchiliklarni yengish va oliy ta’limga erishish uchun qulay sharoitlar yaratilayotgani ko‘zda tutilgan. Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti, shuningdek, mamlakatning yuqori malakali mutaxassislarini tayyorlashga xizmat qilmoqda.
Reklama
Tavsiya etamiz
Toshkentda yana bir avtosalon egasi qamoqqa olindi
O‘zbekiston | 19:54 / 24.01.2025
Daniya, AQSh yoki mustaqillik: Grenlandiya "kimniki?"
Jahon | 17:40 / 24.01.2025
2025 yilgi global xatarlar qaysi? Jahon iqtisodiy forumi hisoboti
Iqtisodiyot | 21:23 / 23.01.2025
Xaosga chek qo‘ymoqchi edi, aksi bo‘lib chiqdi: Bayden o‘z siyosiy merosini qanday barbod qildi?
Jahon | 20:16 / 23.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
BMT bosh kotibi 2025 yildagi asosiy tahdidlarni sanadi
Jahon | 21:11 / 22.01.2025
-
FT Trampning Daniya bosh vaziri bilan agressiv suhbati haqida ma’lum qildi
Jahon | 08:52
-
Sobiq teleboshlovchi Pit Hegset Pentagon rahbariga aylandi
Jahon | 08:30
-
AQSh boshqa mamlakatlarga deyarli barcha yordam to‘lovlarini muzlatib qo‘ydi
Jahon | 08:13
Mavzuga oid
19:00 / 01.12.2024
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Yevropada talabalar muvaffaqiyati uchun yangi imkoniyatlar sari qadam tashlamoqda
17:00 / 04.11.2024
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Yaponiya bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi
19:00 / 28.08.2024
Toshkent Kimyo xalqaro universitetida qabul davom etmoqda
15:00 / 27.05.2024