Hujjat bilan Turistik klasterlarni taşkil etiş va ularga turistik klaster maqomini beriş töğrisidagi nizom tasdiqlandi.

Turistik klaster maqomi Turizm qömitasi tomonidan beriladi. Bu maqomni oliş uçun quyidagi mezonlarga muvofiq böliş kerak:

  • turoperator – mehmonxona – transport xizmatlari faoliyatini töliq qamrab oliş;
  • klaster hududida kamida 40 kişiga möljallangan turistlarni joylaştiriş vositalarining mavjudligi;
  • klaster hududida kamida bitta milliy hunarmandçilik mahsulotlari sotiş nuqtasining mavjudligi;
  • turizmning quyidagi turlaridan birini taşkil etiş:
  • ekoturizm (geoturizm);
  • agroturizm (qişloq turizmi);
  • etnografik turizm;
  • madaniy va tarixiy turizm;
  • rekreatsion turizm;
  • tibbiy (soğlomlaştiriş) turizmi;
  • turistlar (ekskursantlar) xavfsizligini ta’minlaş;
  • qöşimça köngiloçar xizmatlar yaratiş (ot, tuya, transport, velosiped, qayiq, katamaranlar ijarasi va boşqalar);
  • joylaştiriş vositalarida joylarni oldindan band qiliş va turistik xizmatlarni oldindan buyurtma qiliş imkoniyatini yaratiş.

 
Turistik klaster maqomini oliş uçun ariza topşirilgandan söng, vakolatli organ joyiga çiqib, arizaçining talablarga muvofiqligini örganadi va öz xulosasini Komissiyaga yuboradi. Komissiya Turizm qömitasi xodimlari va turizm sohasidagi NNT vakillaridan iborat. Turistik klaster maqomi uning qarori bilan beriladi.