Ukraina tomonida turib jang qilgan va asirga tushgan avstraliyalik o‘ldirilgan bo‘lishi mumkin. Avstraliya Rossiyadan tushuntirish talab qildi
Avstraliya bosh vaziri agar asirga olingan Oskar Jyenkins o‘ldirilgan bo‘lsa, Rossiyaga qarshi «eng qat’iy choralarni» ko‘rishini ma’lum qildi. UQK tarkibida jang qilgan 32 yoshli avstraliyalik o‘qituvchi dekabr oyida rossiyalik harbiylar tomonidan ushlangan edi.
Avstraliya bosh vaziri Entoni Albaniz agar Rossiya Ukraina tomonida turib jang qilgan va rossiyalik harbiylar tomonidan asirga olingan avstraliyalik Oskar Jyenkinsga zarar yetkazsa, hukumat «eng qat’iy choralar» ko‘rishini ma’lum qildi, deb xabar beradi Associated Press.
Dekabr oyida «voyenkor» Aleksandr Sladkov rossiyalik harbiylar avstraliyalik asir bilan muloqot qilgani va uni bir necha bor urgani tasvirlangan videoni e’lon qilgandi. Erkak o‘zini 32 yoshli biologiya o‘qituvchisi Oskar Jyenkins deb tanishtirgan. U Avstraliya va Ukrainada yashashini bildirgan.
15 yanvar kuni ABC telekanali Jyenkins o‘ldirilgan bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi. Jurnalistlar bunda UQK tarkibida jang qilayotgan boshqa xorijliklarga tayangan. Ushbu ma’lumot rasman tasdiqlanmagan.
Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, Avstraliya Jyenkinsning o‘limi to‘g‘risida tarqalgan xabarlarga izoh berishni so‘rab, Rossiyaga murojaat qilgan. «Biz Rossiyani zudlik bilan Oskar Jyenkins maqomini tasdiqlashga chaqiramiz. Biz oldingidek jiddiy xavotirdamiz», — deydi Albaniz.
Uning ta’kidlashicha, agar Jyenkinsga biror-bir zarar yetkazilgan bo‘lsa, Avstraliya hukumati «mumkin bo‘lgan eng qat’iy choralarni ko‘radi». Aynan qanday choralar haqida gap ketayotganiga u oydinlik kiritmagan.
Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Avstraliya tomonining murojaatiga javoban «avstraliyalikka oid masala rasmiy tartibda ko‘tarilgan yoki ko‘tarilmaganidan» bexabar ekanini bildirdi. «Ehtimol, diplomatik kanallar orqali ba’zi harakatlar allaqachon amalga oshirilgandir, ammo bu bizga qadar yetib kelmadi. Balki Tashqi ishlar vazirligimiz bilan buni tekshirib ko‘rishdan ma’no bordir», — deydi u.
Dekabr oxirida RF TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Avstraliya hukumati rossiyalik harbiylar tomonidan qo‘lga olingan Oskar Jyenkins bo‘yicha Rossiyaga murojaat qilganini aytgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, qo‘lga olingan Avstraliya fuqarosiga oid ma’lumot «tekshirilmoqda». Zaxarovaning qo‘shimcha qilishicha, agar ma’lumot tasdiqlansa, Avstraliya rasmiylari buning uchun javobgar bo‘ladi, chunki ular Ukraina tomonida urushda qatnashayotgan «avstraliyalik yollanma askarlarga beparvolik bilan qaramoqda».
Tavsiya etamiz
Xaosga chek qo‘ymoqchi edi, aksi bo‘lib chiqdi: Bayden o‘z siyosiy merosini qanday barbod qildi?
Jahon | 20:16 / 23.01.2025
“Chorsu”da 4 ming, “Farhod”da 10 ming – kartoshka narxlari qanday tebranyapti?
Iqtisodiyot | 11:21 / 23.01.2025
"Husanov tezroq ingliz tilini o‘rganishiga umid qilaman. Uning jismoniy ko‘rsatkichlari ajoyib" – Gvardiola Abduqodir Husanov haqida
Sport | 23:12 / 22.01.2025
Katanets ketdi. U O‘zbekistonni JChga yaqinlashtirgandi
Sport | 21:24 / 22.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
BMT bosh kotibi 2025 yildagi asosiy tahdidlarni sanadi
Jahon | 21:11 / 22.01.2025
-
Bozorga solingan Grenlandiya: yo Daniya, yoki AQSh, yo mustaqillik referendumi
Jahon | 17:40
-
AQSh Senati MRB yangi direktorini tasdiqladi
Jahon | 17:36
-
Radiatsiya va yadro xavfsizligi ilmiy-texnik markazining asosiy faoliyat yo‘nalishlari belgilandi
O‘zbekiston | 17:21
Mavzuga oid
09:25 / 07.01.2025
Rossiya harbiylari yana besh asirni o‘ldirishda ayblandi
13:25 / 31.12.2024
Ukraina va RF asirlar almashinuvi bo‘yicha turli xil ma’lumot berdi
11:55 / 26.12.2024
Avstraliyada maktab bitiruvchilariga atom suvosti kemasidan ish taklif qilinmoqda
12:19 / 23.12.2024