Xitoy hukumati TikTok ijtimoiy tarmoğining AQŞdagi bölimini boşqarişni tadbirkor Ilon Maskka topşiriş imkoniyatini körib çiqmoqda. Bu haqda manbalarga tayanib, Bloomberg xabar berdi. Uşbu çora AQŞda TikTok’ning bloklanişiga yöl qöymaslik maqsadida körib çiqilmoqda.
Hozirda AQŞ Oliy sudi TikTok Xitoyning ByteDance kompaniyasi mulkidan ajratilmasa, mamlakatda ijtimoiy tarmoqdan foydalanişni taqiqlaş imkonini beruvçi qonunni körib çiqmoqda. Jarayon hali yakunlanmagan bölsa-da, 10 yanvardagi muhokamalarda sudyalar qonunni qöllab-quvvatlaşga moyilligini bildirdi.
Bloomberg ma’lumotlariga köra, Xitoyning yuqori lavozimdagi amaldorlari bunday vaziyat uçun harakat rejasini muhokama qilişga kirişgan. Bu munozaralar yangi prezident Donald Tramp ma’muriyati bilan qanday munosabat örnatiş böyiça keng qamrovli muhokamalar doirasida olib borilmoqda.
Naşr manbalari xabar berişiça, Xitoy hukumati TikTok’ning ByteDance mulki bölib qolişini “qat’iy afzal köradi”. Muhokama qilinayotgan ssenariylardan biriga köra, Mask egaligidagi X ijtimoiy tarmoği TikTok’ni öz nazoratiga olişi va qöşma biznesni boşqarişi mumkin. Bunday vaziyatda TikTok X’ning reklama beruvçilarni jalb qiliş böyiça urinişlarini qöllab-quvvatlaşi, Mask asos solgan xAI sun’iy intellekt kompaniyasi esa TikTok ’agi ma’lumotlar bazasidan foydalaniş imkoniyatiga ega bölişi mumkin.
Xitoy amaldorlari Tramp ma’muriyati bilan tariflar, eksport nazorati va boşqa masalalar yuzasidan murakkab muzokaralar olib borişga majbur böladi, deydi manbalar. Şu bilan birga, ular TikTok’ning kelajagi haqidagi muzokaralarni munosabatlarni yaxşilaş uçun potensial imkoniyat sifatida körmoqda.
Bloomberg ma’lumotlariga köra, muzokaralar hali dastlabki bosqiçda. ByteDance kompaniyasi va Mask bundan xabardor yoki yöqligi noma’lum. Tadbirkor izoh berişdan boş tortdi.
TikTok vakili Maskning ijtimoiy tarmoqni sotib olişi ehtimolini qat’iyan rad etdi. “Bizdan qip-qizil uydirma haqida izoh kutilmasin”, — dedi u Variety naşriga.
TikTok’ni taqiqlaş bilan tahdid qiluvçi qonun 2024 yil bahorida AQŞ Kongressi Vakillar palatasi tomonidan qabul qilingan. Kongressmenlar ijtimoiy tarmoqni milliy xavfsizlikka tahdid deb hisoblaydi. Aprel oyida Jo Bayden qonunni imzoladi.
TikTok vakillari, foydalanuvçilar va kontent yaratuvçilari bilan birgalikda qonunga norozilik bildirdi. Ularning aytişiça, milliy xavfsizlikka oid taşvişlar noaniq va taxminiy ma’lumotlarga asoslangan bölib, bu taqiq AQŞ Konstitutsiyasining söz erkinligini kafolatlagan moddasini buzadi. Biroq apellyatsiya sudi qonunni qöllab-quvvatladi. Oliy sud tomonidan ma’qullangandan söng, qonun 19 yanvar kuni — AQŞning saylangan prezidenti Donald Trampning inauguratsiya marosimidan bir kun oldin kuçga kirişi lozim.







