Özbekistonda 2024 yilda 402 391 dona avtomobil sotilgan. Bu – «Özavtosanoat» AJ tayyorlagan hisobotda keltirib ötilgan.
Qayd etilişiça, hisobot davrida UzAuto Motors 353 730 dona, ADM Jizzakh 30 329 dona, BYD Uzbekistan Factory 17 132 dona, Asaka Motors 489 dona, Jizzakh Auto 394 dona, SamAuto 317 dona avtomobilni xaridorlarga yetkazib bergan.

2024 yilda korxonalarning içki bozordagi uluşi quyidagiça:
- UzAuto Motors – 87,9 foiz;
- ADM Jizzakh – 7,5 foiz;
- BYD Uzbekistan Factory – 4,3 foiz;
- Jizzakh Auto – 0,1 foiz;
- Asaka Motors – 0,1 foiz;
- SamAuto – 0,1 foiz.
Eng köp sotilgan avtomobil – Cobalt. Ötgan yil 127 240 dona uşbu modeldagi avtomobil sotilgan.
Keyingi örinlarda Damas (106 001 dona) va Tracker (37 903 dona) qayd etilgan. Xaridorlar 33 644 ta Onix'ga buyurtma bergan.

Ma’lumot uçun, 2023 yilda Özbekiston yengil avtomobillar bozori hajmi 456 347 donani taşkil etgan. Şundan UzAuto Motors hissasiga 4 mlrd 852 mln dollarlik 369 999 dona avtomobil, ADM Jizzakhʼga 823 mln dollarlik 25 ming dona avtomobil töğri kelgan. Şuningdek, 2023 yilda 291 mln dollarlik 8 948 dona BYD avtomobili, 1 mlrd 197 mln dollarlik 50 435 dona boşqa rusumdagi avtomobillar import qilingan.
Avvalroq, 2024 yilda Özbekistonga umumiy qiymati 1,27 mlrd dollarlik 74 525 dona yengil avtomobil olib kirilgani xabar qilingandi. Bu 2023 yilga nisbatan miqdor jihatidan 7 foizga, qiymat jihatdan 33 foizga kam.








