Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida investitsiyalarni keng jalb etiş va eksportni oşiriş borasidagi işlar natijadorligi hamda kelgusidagi asosiy vazifalar yuzasidan yiğiliş ötkazildi.

Unda har bir dollar investitsiyaning samaradorligini oşiriş hudud va tarmoqlar rahbarlari asosiy vazifasi bölişi kerakligi ta’kidlandi.

Qayd qilinişiça, “Özbekneftgaz”, "Özmetkombinat" va quriliş materiallari tarmoğida investitsiya samaradorligi boşqa tarmoqlarga nisbatan 2 barobar past. Investitsiya hisobiga qöşilgan qiymat Sirdaryoda respublika körsatkiçidan 3 barobar, Buxoro va Qoraqalpoğistonda 2 barobar kam.

105 nafar tadbirkorning 110 million dollarlik uskunalari omborlarda turibdi. Mutasaddilarga uşbu uskunalarni egalariga yetkaziş böyiça “yöl xaritasi”ni tasdiqlaş topşirildi.

Prezident investitsiya loyihalarida mahalliy komponentlarni köpaytirişga alohida e’tibor qaratiş lozimligini ta’kidladi. Buning hisobiga juda köp yangi iş örinlari yaratilişi, valuta tejalişi va yondoş sohalar rivojlanişi körsatib ötildi.

Viloyat hokimlariga har oy tadbirkorlar bilan yarmarka ötkazib, özida yangi-yangi mahsulotlarni işlab çiqariş tizimini yölga qöyiş topşirildi.

Hozir amalga oşirilayotgan 75 milliard dollarlik yirik investitsiya loyihalarining 28 milliard dollarini mahalliy mahsulotlar orqali qoplaş mumkinligi hisob-kitob qilingan.

Mutasaddilarga tarmoqlar va viloyat hokimlari bilan birgalikda tuman va korxonalar kesimida 2025 yilda yangi mahsulotlarni işlab çiqariş böyiça dastur tayyorlaş topşirildi.