«Qarğalar»ning kuçli pressingi ostida qolgan «Vulverhempton» faqatgina darvozabon Joze Saning qahramonliklari evaziga yarim soatdan köproq vaqt çidab berdi. Ammo Isak portugaliyalik posbonni baribir taslmi etdi, u çempionatning bu mavsumidagi golli seriyasini sakkiz öyinga yetkazib qöydi. Bu APL tarixidagi eng yaxşi uçinçi körsatkiç, şvetsiyalik hujumçining hozirgi formasi hisobga olinsa, u qatorasiga 11 turni golsiz tark etmagan Vardining rekordini takrorlaşi ham mumkin. Undan avval esa Rud van Nistelroyga (10 öyin) yetib oliş talab etiladi.
Çorşanba oqşomidagi öyinda Isak «Nyukasl»ning asosiy harakatlantiruvçi kuçi böldi va barça gollarda iştirok etdi. Ikkinçi golni ham u özi urdi, keyin esa Gordonga assistentlik qildi. Eddi Hau jamoasi qatorasiga sakkizinçi turda ğalabaga erişib, turnir jadvalida «Mançester Siti» va «Çelsi»ni ortda qoldirdi. Şu tariqa, mavsum yarmiga kelib YeÇLga yöllanma beruvçi tört örindan ikkitasini kutilmaganda «Nottinghem» va «Nyukasl» band qilib turibdi. Bu turda Devid Moyyesning «Everton»ga qaytişini buzgan (1:0) «Aston Villa» ham törtinçi örinni uç oçkolik farq bilan ta’qib etmoqda.
«Arsenal» futbolçilari maydonga bu mavsumda endi oğir jarohat tufayli öynay olmaydigan Gabriel Jyezusning familiyasi va raqami körsatilgan futbolkada çiqib kelişdi.
Mezbonlar derbining birinçi bölimida töliq ustunlikka erişganiga qaramay, ança vaqtgaça Kinskini hayron qoldira olişmadi. Ikkinçi darvozada esa Rayya mehmonlarning bölim örtalariga kelib uyuştirgan ilk xavfli hujumida özini körsatdi. Ispaniyalik darvozabon jarima maydoni markazida böş turgan holda zarba bergan Son Xin Minning epizodida ham qutqarişi mumkin edi, ammo koreyalikning zarbasidan keyin töp rikoşet orqali törga borib tuşdi.
Mehmonlarning qişki transferi bölgan Kinski esa yangi jamoasidagi uçinçi öyiniga kelib baribir gol ötkazdi (u bungaça Angliya ligasi kubogida «Liverpul»ga qarşi öyinda (1:0) hamda Angliya kubogi öyinida darvozasi daxlsizligini saqlab qolgandi). «Arsenal» bu golni kutilganidek burçak zarbasidan keyin urdi, darvozabon bu vaziyatda yaqqol xatoga yöl qöymadi, u töpga çiqayotganida öz jamoadoşi bilan töqnaşib ketdi va Gabriel Magalyansning zarbasidan keyin burçakni tösişga ulgurmadi. Töp Solankega tekkan holda rikoşet bölib darvoza töriga yöl oldi. Bir neça daqiqa ötib Edegor Bissumadan töpni olib qöygan holda Trossarni oldinga boşladi, belgiyalik hujumçi esa jarima maydoni kirişi bilanoq olis burçakka qaytarib bölmas zarba yölladi.
Ikkinçi bölimda «şporlar» safida Meddison va Jonson tuşib, öyinni kuçaytirişdi, ammo hisob özgarmay qoldi. «Kanonirlar» prinsipial raqibini APL doirasida bir mavsumdagi ikki öyinda ham mağlub etdi va bu derbi tarixida beşinçi marta qayd etilişi, Mikel Arteta davrida esa ikkinçi marta. Bundan köproği, tabiiyki, Arsen Venger boşqaruvi davrida röy bergan (3). Bu ğalaba evaziga «Arsenal» turnir jadvalida ikkinçi öringa kötarildi. Bu turda «Nottinghem» maydonida oçko yöqotgan (1:1) «Liverpul» bilan oradagi farq tört oçkoni taşkil etmoqda. Bu turda «Brentford»ga qarşi öyinda ikki gol farqidagi ustunlikni boy bergan «Mançester Siti» 8 oçkoga ortda qolgan va oltinçi örinda kelmoqda.
Ötgan hafta oxirida Ispaniya Superkubogini qölga kiritgan «Barselona» Ispaniya kubogida ham «Real»ga qarşi öyindagi sur’atni davom ettirdi. Öyin boşidagi şturm ham şu qadar kuçli keçdi va 3-daqiqadayoq hisob oçildi. Çiroyli kombinatsiya Dani Olmoning Gaviga golli pasi bilan yakunlandi, u esa özini tarbiya qilgan klubga golini nişonlamadi. Ikkinçi golli hujumda esa Kunde töpni ortidagi Yamalga ötkazib yuborgan holda u töpni qaytarişini his qilgan holda jarima maydoni içkarisiga otildi. Lamin uzatmani şu qadar aniq ijro etdiki, Kunde şunçaki töpga zarba berişi qolgandi.
La ligadagi qatorasiga uçta uy uçraşuvidagi mağlubiyatdan keyin kök-anorranglilar tomoşabop öyini bilan muxlislardan uzr söramoqda. Şu kuni hakamlar mezbonlarning uçta golini bekor qilişdi, ammo beşta golini hisobga olişdi. «Betis» Ispaniya kubogida oxirgi marta 2011 yilda şu qadar yirik hisobda mağlub etilgandi. Öşanda «Barsa» safida het-trik qayd etgan Messi, Inesta va Xavi yorqin öyin namoyiş etgandi. Bu öyinda esa ularning vorisi deb köriladigan futbolçilar. Yamaldan taşqari şu kuni hujum markazida Levandovskining örniga tuşgan Olmoni ham e’tirof etiş kerak. Mehmonlarning yagona javob goliga esa kataloniyaliklar katta umidlar bilan Braziliyadan olib kelgan, ammo iqtisodiy sabablarga köra sotişga majbur bölgan Vitor Roke mualliflik qildi.
Çempionatning birinçi davrasini ğolib sifatida yakunlagan «Atletiko» ham çorakfinal yölida qiyinçilikka uçramadi. Syorlot birinçi bölimdayoq dubl qayd etib, barça turnirlar doirasidagi gollari sonini 10 taga yetkazib qöydi. Şu tariqa, Diyego Simeone qöl ostida Ispaniyadagi eng sermahsul hujum çiziği yuzaga kelgan. Bu mavsumda faqat «matrasçilar»ning biratöla uç futbolçisi kamida önta gol urgan. Ikkinçi bölimda bu uçlikdagi Xulian Alvares (14 gol) va Grizmann (12) «Elçe»ning yirik hisobdagi mağlubiyatini ta’minlaşdi.
«Inter» endi A seriyaning soyadagi yetakçisi emas. Amaldagi çempionlar qoldirilgan ikki öyinidan birida oçko yöqotib, «Napoli»ni xursand qilişdi. Holbuki Simone Indzagi şogirdlari birinçi bölimni ğolib sifatida yakunlaşgandi. Birinçi golli hujumda Tyuram markaziy doira atrofida töpni egallab, uni jarima maydoniga qadar olib bordi va Dimarkoga yetkazdi, uning zarbasidan keyin qaytgan töpga boşqa bir lateral — Dyumfris yetib keldi.
Mezbonlar Kastroning hisobni tenglaştiruvçi golidan bir daqiqa ötmay yana hisobda oldinga çiqib olişdi. Dimarkoning uzatmasidan keyin Lautaro Martines töpni darvozaga joyladi, ammo sardorning goli ğalaba uçun yetarli bölmadi. Ikkinçi bölimda Dimarko bu safar öz jamoasi darvozasi yaqinida muvaffaqiyatsiz öynab, «Bolonya»ning ikkinçi javob golida aybdor bölib qoldi. Natijada neradzurrilarda ötkazilgan gollar böyiça ğalati statistika yuzaga keldi. Bir tomondan, milanliklar qatorasiga sakkiz safar uçraşuvida darvozasi daxlsizligini saqlagan holda rekord örnatişdi. Şu bilan birga, öz uyidagi öyinlarda 12 bor gol ötkazgan. Bu ötgan mavsum oxirigaça uy öyinlarida ötkazilgan gollardan köproq.
«Bavariya» tur yakunlariga köra «Bayyer» bilan oradagi tört oçkolik farqni saqlab qoldi, «Hoffenhaym» esa Myunxenga mağlubiyatini oldindan tan olgandek kelgandi. Şunday tasavvur uyğondiki, Vensan Kompani jamoasi öyin boşlangani haqidagi huştakdan keyin boşlagan hujumini Sane gol urguniça davom ettirgandek körindi. Bu hujumda töpni özidan qulayroq vaziyatda turgan şerigiga ötkazib yuborgan Rafael Gerreyru esa bir neça daqiqa ötib hisobdagi ustunlikni mustahkamladi. Şundan keyin amalda öyin masalasi hal böldi va faqat tabloda yakuniy hisob qanday körinişda bölişi qiziq edi. Bu hisob esa «Hoffenhaym» va Germaniya milliy jamoasi posboni, şu kuni bundesligada ötkazilgan öyinlar soni böyiça (478) kuçli beşlikka kirgan Baumann uçun açinarli köriniş oldi. Keyn birinçi bölimdayoq hisobni yiriklaştirdi va yana bir rekord örnatdi. Harri Germaniyadagi debyutidan buyon qatorasiga 12 penaltini aniq ijro etgan, umuman olganda, u oxirgi 15 penaltisini benuqson amalga oşirgan.
«Leypsig»ning hujumkorlik salohiyati Çavi Simons soğayib safga qaytganidan keyin sezilarli darajada yaxşilandi. U ötgan turda «Verder»ga qarşi öyinda (4:2) öz qaytişini dubl bilan nişonlagandi, Ştutgartdagi öyinda esa jamoasi birinçi bölimni hisobda ustun holda yakunlaşini ta’minladi, uning jarima maydoniga yöllagan pasidan keyin Şeşko hisobni oçdi. Ammo ikkinçi bölimda mezbonlar ön daqiqa içida buriliş yasab, kuçli törtlikka kiriş böyiça intrigani yanada kuçaytirdi. Ayni vaqtda «Leypsig» törtinçi örinni egallab turibdi, «Ştutgart» esa bir oçkolik masofada yaqinlaşgan. Şuningdek, «Mayns», «Volfsburg» va sakkizinçi örindagi «Frayburg» ham kuçli törtlikka uç oçkolik masofada joylaşgan.
Fransiya: sensatsiyaga bir qadam
«Espali» — «PSJ» 2:4
Gollar: Gjyeçi (3), Furnel (71) — Zair-Emeri (37), Due (67), Barkolya (88), Ramuş (90+2, penalti).
«PSJ» – Tenas, Ernandes, Joau Neveş, Tap (Paço, 72), Zage (Mendeş, 46), Meyulyu (Li Kan In, 46), Fabian Ruis (Vitinya, 46), Zair-Emeri, Barkolya, Ramuş, Due.
Luis Enrike Fransiya kubogidagi öyinga oldingi bosqiçda qahramonlik körsatgan Matvey Safonovni emas, balki bu mavsumda hali öynamagan ispaniyalik Arnau Tenasni tuşirdi. U Olimpiada-2024 finalidagi ğalabadan buyon öynamagandi va Fransiyaning beşinçi divizioni vakilidan tezkor gol ötkazib yubordi. «PSJ»da 30 yildan ortiq vaqtdan buyon bunaqasi kuzatilmagandi: 1994 yil fevralida poytaxtliklar jamoasi öşanda oltinçi ligada iştirok etgan «Avion»ga hisobda oldinga çiqib olişga imkon bergandi.
«PSJ» tanaffusgaça hisobni tenglaştirdi, ikkinçi bölimda esa Duening zarbasi evaziga hisobda oldinga ham çiqib oldi. Ammo mezbonlar hisobni 2:2 körinişiga keltirib, fransuz gegemonini asabiylaştirişni uddalaşdi. Parijliklarni sensatsion penaltilar seriyasidan sanoqli daqiqalar ajratib turgandi, faqat Barkolya parijlik yulduzlarni şarmandalikdan qutqarib qoldi. Endi Kvaratsxeliya bilan raqobatlaşişi kerak böladigan vinger noyabrdan buyon ilk golini urdi.
«Lion» esa penaltilar seriyasidan qoça olmadi va beşinçi divizion vakili bölgan klubga yutqazib, turnirni tark etdi. «Töqimaçilar» Mikautadzening golidan keyin hisobda oldinga çiqib olişgandi, ammo nafaqat ustunlikni boy berdi, balki penaltilar seriyasida muvaffaqiyatsizlikka uçradi. Jamoa tarkibidagi eng tajribali va mahoratli penaltiçilar — Lyakazett va Tolisso zarba berişda xatoga yöl qöyişdi. «Lion» bungaça 11 yil mobaynida kubok turnirlarida quyi divizionlar vakillariga yutqazmayotgandi. Oxirgi mağlubiyat ham öşanda 2-ligada iştirok etgan «Lans» bölgandi. Fransiya kubogi tarixida beşinçi divizion vakillari elita vakillarini 17 bor turnirdan çiqarib yuborişgan, oltinçi divizion vakillari bilan esa bunday holat beş marta kuzatilgan.