Soğliqni saqlaş vazirligining tegişli buyruği bilan Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazida qator tayinlovlar amalga oşirildi.

SSV matbuot xizmati xabar berişiça, Dilnoza Anvarxöjayevna A’zamxöjayeva markaz direktorining davolaş işlari böyiça örinbosari — boş şifokor lavozimiga tayinlandi.

Dilnoza A’zamxöjayeva / Soğliqni saqlaş vazirligi

Dilnoza A’zamxöjayeva 1992 yil Ikkinçi Toşkent davlat tibbiyot institutini tamomlagan, 1994–1996 yillarda uşbu oliy öquv yurtining klinik ordinaturasida tahsil olgan.

Mehnat faoliyatini Respublika oftalmologiya şifoxonasi vraçi sifatida boşlagan. Turli yillarda Respublika onkologiya ilmiy markazida şifokor, bölim mudiri, davolaş işlari böyiça direktor örinbosari kabi qator mas’ul lavozimlarda işlagan.

Tibbiyot fanlari nomzodi D. A’zamxöjayeva tayinlovga qadar Respublika ixtisoslaştirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi boş şifokori örinbosari sifatida faoliyat körsatib kelayotgan edi.

Şuningdek, Mamedova Guzalya Bakir qizi markaz direktorining ilmiy işlar böyiça örinbosari lavozimiga tayinlandi.

Guzalya Mamedova / Soğliqni saqlaş vazirligi

Guzalya Mamedova 2006 yilda Toşkent pediatriya tibbiyot institutining bakalavriat bosqiçini, 2008 yilda magistraturasini tamomlagan.

Şundan söng mazkur oliy öquv yurtining Jamoat salomatligi va soğliqni saqlaşni boşqariş kafedrasida assistent sifatida faoliyat yuritgan. U 2018–2021 yillarda Toşkent pediatriya tibbiyot instituti doktoranturasida tahsil olgan.

Tibbiyot fanlari nomzodi Guzalya Mamedova tayinlovga qadar Soğliqni saqlaş vazirligi huzuridagi «Soğliqni saqlaş loyihalari markazi» loyiha ofisi boş mutaxassisi sifatida faoliyat körsatib kelayotgan edi.