Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Birlaşgan Arab Amirliklariga rasmiy taşrifi doirasida 15 yanvar kuni Dubay şahrida BAA vitse-prezidenti, boş vaziri Şayx Muhammad bin Roşid Ol Maktum bilan muzokara ötkazdi.

Uçraşuvda bölib ötgan oliy darajadagi muzokaralar samarali bölgani hamda Özbekiston-BAA munosabatlarini strategik şeriklik darajasiga kötargani yuqori baholandi.

Davlat boşqaruvi samaradorligini oşiriş va boşqaruv kadrlarini tayyorlaş kabi sohalarda faol muloqotlar va samarali hamkorlik olib borilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Yuqori texnologiyalar, raqamlaştiriş, infratuzilmani rivojlantiriş va boşqa istiqbolli yönalişlarda yangi loyihalarni işlab çiqiş va amalga oşirişga kelişib olindi.

BAAdagi şeriklar bilan Özbekistonda sun’iy intellekt sohasida yaqindan hamkorlik qilişdan manfaatdorlik bildirildi.

Dubayning ilğor yeçimlarini şaharsozlik sohasiga, jumladan, Yangi Toşkentda zamonaviy infratuzilmani yaratiş doirasida joriy etişga alohida e’tibor qaratildi.

Tomonlar faol muloqotni davom ettiriş va amaliy şeriklikning barça yönalişlarida keng kölamli hamkorlikni rivojlantirişga kelişib oldilar.