Germaniya qurol tarqatuvçisi Hans Wrage & Co. GmbH özi yetkazib bergan qurollar uçinçi davlatlar orqali Rossiyaga yetib kelayotgani haqidagi ma’lumotni rad etdi. Kompaniya 14 yanvar, seşanba kuni DW'ga eksklyuziv izoh yubordi.
Dekabr oyida bir guruh xalqaro ommaviy axborot vositalari Rossiya qanday qilib sanksiyalarni çetlab ötib, sobiq SSSR davlatlari orqali Yevropa Ittifoqi va AQŞdan snayper miltiqlari va öq-dorilarini olişda davom etayotgani haqidagi suriştiruvni çop etdi. Material The Insider (Rossiya), Investigace (Çexiya), IrpiMedia (Italiya) va "Vlast" (Qozoğiston) jurnalistlari tomonidan tayyorlangan. Matnda turli Ğarb kompaniyalari, masalan, Lyuksemburgdagi Beretta holdingi, şuningdek, Rossiya Federatsiyasiga qurol-yaroğlar kirib kelayotgan sobiq SSSRning bir qança davlatlari sanab ötilgan.
Hans Wrage & Co'ga qarşi ayblovlar
Suriştiruv şuni körsatdiki, Germaniya qurol işlab çiqaruvçilari orasida Hamburgdagi Hans Wrage & Co firmasi Rossiya Federatsiyasi bilan aloqalarni saqlab turadi. Uning rahbari Frauke Lyoman Rossiyaning "Rusimpeks" qurol kompaniyasining 15,96 foiz aksiyalariga egalik qiladi, deb xabar berdi OAV. Ular Ukrainadagi uruşga qaramay, "Rusimpeks" Rossiya Federatsiyasiga Miroku yapon karabinlarini, Germaniyaning Anschütz, Krieghoff ov miltiqlarini, Ruag Ammotec va RWS patronlarini, şu jumladan, harbiy kalibrdagilarni import qilişni davom ettirayotganini yozdi.
Ommaviy axborot vositalarining ta’kidlaşiça, Hans Wrage'ning özi Rossiya Federatsiyasiga töğridan töğri qurol va öq-dorilarni sotişdan boş tortgan, ammo pnevmatik öqlar, qurol qutilari, ov kiyimi va poyabzallarini yetkazib berişda davom etmoqda. Bundan taşqari, 2022-2023 yillarda Hans Wrage Qozoğistonga kamida 309 ta Italiyaning Benelli ov miltiği va 176 ta Germaniyaning Blaser karabinlarini yetkazib bergan. The Insider yozganidek, ularning ba’zilari öşa yerdan Rossiyaga yuborilgan.








