Rossiya va Ukraina Birlaşgan Arab Amirliklari (BAA) vositaçiligida 15 yanvar, çorşanba kuni «25 ga 25» formulasiga köra asirlar almaşdi. Mamlakat prezidenti Volodimir Zelenskiyning sözlariga köra, 24 nafar harbiy xizmatçi Ukrainaga qaytgan, ular orasida Mariupol va "Azovstal" himoyaçilari, şuningdek, Rossiya Federatsiyasining Kursk oblastida jang qilgan Ukraina Qurolli kuçlari askarlari ham bor. «Qaytarilganlar orasida Kiyev oblastida asirga olingan va rossiyaliklar tomonidan noqonuniy uşlab turilgan tinç fuqaro ham bor», — deya qöşimça qildi Harbiy asirlar bilan işlaş böyiça muvofiqlaştiruvçi ştab. Rossiya asirligidan ozod qilinganlarning eng kiçigi 24 yoşda, eng keksasi 60 yoşda.

Rossiya Mudofaa vazirligi, öz navbatida, 25 nafar rossiyalik harbiy Ukraina asirligidan Rossiya Federatsiyasiga qaytganini ma’lum qildi.

Bu ikki davlat örtasida 2025 yilda birinçi asirlar almaşinuvi. Avvalroq Ukraina va Rossiya 2024 yil 30 dekabrda asirlarni almaşgandi, biroq tomonlar turli raqamlarni körsatgan. Kiyev ma’lumotlariga köra, 189 nafar ukrainalik, jumladan, ikki tinç fuqaro öz vataniga qaytgan. Moskva almaşiş «150 ga 150» formulasi böyiça amalga oşirilganligini da’vo qildi.

Zelenskiy Kimga ukrainalik askarlarni KXDR harbiylariga almaşişni taklif qilgan

12 dekabr kuni Zelenskiy KXDR yetakçisi Kim Çen Inga Ukraina qurolli kuçlari tomonidan Kursk oblastida asirga olingan Şimoliy Koreya askarlarini Rossiya asirligida saqlanayotgan ukrainalik harbiy xizmatçilarga almaştirişni taklif qilgan. Pxenyan hali Zelenskiyning taklifiga javob bermadi.