15 yanvar kuni Turkiyaning “IC İçtaş İnşaat” kompaniyasi boşqaruv kengaşi a’zosi Rexa Denemeç hamda boş vazir örinbosari – iqtisodiyot va moliya vaziri Jamşid Qöçqorov örtasida uçraşuv bölib ötdi. Bu haqda IMV axborot xizmati xabar berdi.
Muloqot davomida tomonlar örtasida davlat-xususiy şeriklik dasturlari asosida transport infratuzilmasini takomillaştiriş, xususan, avtomobil yöllarini quriş va modernizatsiya qiliş, turk kompaniyasining sohadagi tajribasi, jumladan, avtomobil yöllari, köpriklar va aeroportlar quriş yönalişida şakllantirilgan loyihalari yuzasidan muhokamalar bölib ötgan.
Suhbatda Samarqand, Buxoro va Navoiy viloyatlaridan ötuvçi yangi Samarqand–Buxoro tezyurar pulli avtomobil yölini quriş maqsadida Avtomobil yöllari qömitasi bilan anglaşuv memorandumi imzolangan.
Şuningdek, muhokamalar davomida tomonlar davlat-xususiy şeriklikni rivojlantirişdagi asosiy yönalişlar, amalga oşirilayotgan DXŞ loyihalari, DXŞ mexanizmlaridan samarali foydalaniş, sohada jahonning ilğor va muvaffaqiyatli tajribalaridan keng foydalaniş yuzasidan fikr almaşgan.
Ma’lumot uçun, “IC İçtaş İnşaat” kompaniyasi 55 yillik tajribaga ega. U Turkiya va boşqa davlatlarda DXŞ asosida avtomobil yöllari, tunnellar, köpriklar hamda turli yirik inşootlarni qurişda iştirok etgan. Xususan, kompaniya tomonidan DXŞ asosida Istanbul şahrida umumiy uzunligi 150 km avtomobil yöli, dengiz ustida 1,5 km uzunlikdagi “Yavuz Sulton Salim” nomli bosfor köprigi qurilgan. Amalga oşirilayotgan yirik loyiha qatoriga Vetnamda qurilayotgan yangi aeroport ham kiradi.
- Özbekistonda davlat-xususiy şeriklik asosida pulli yöllar quriş haqida ilk bor 2018 yilda gapirilgan edi. Öşanda Germaniyaning GP Günter Papenburg kompaniyasi boşqaruvi raisi Gyunter Papenburg Toşkentga kelib, Avtomobil yöllari qömitasi rahbari Abdurahmon Abduvaliyev bilan uçraşgandi.
- 2022 yil oktyabrda Davlat-xususiy şeriklikni rivojlantiriş agentligi direktori Zokir Bozorov Toşkent–Samarqand va Toşkent–Andijon pulli avtomobil yöllari 2026 yilgaça qurib bitkazilişini ma’lum qilgan.
- 2023 yilning oxirida








