Voronej oblasti gubernatori Aleksandr Gusev 15 yanvar, çorşanba kuni keçqurun Voronej oblastidagi neft bazasida yonğin boşlanganini ma’lum qildi. Uning sözlariga köra, «yonğin»ga korxona hududiga bir neçta dronlarning qulaşi sabab bölgan. Gusev neft bazasining aynan qayerida yonğin çiqqaniga aniqlik kiritmadi, biroq Rossiya Telegram-kanallari uning Liski posyolkasida joylaşganini körsatmoqda.

«Dastlabki ma’lumotlarga köra, qurbonlar yöq. Voqea joyida favqulodda xizmatlar işlamoqda», — deya qayd etgan Gusev va mintaqada dronlar hujumi xavfi saqlanib qolayotganini qöşimça qildi.

Telegram-kanallarda kuçli yonğinni körsatuvçi guvohlarning videolari e’lon qilinmoqda, guvohlardan birining aytişiça, neft omboriga uçta dron urilgan.

Korxonada yonğin çiqqani haqidagi xabarlar paydo bölişidan bir neça soat oldin Rossiya Mudofaa vazirligi Voronej oblasti uzra beşta Ukraina droni «yöq qilingani»ni bildirdi.