«Insofsiz ijroçilarning yagona reyestrini şakllantiriş tartibi töğrisida»gi nizom Adliya vazirligida davlat röyxatidan ötkazildi.
Nizom Insofsiz ijroçilarning yagona reyestrini şakllantiriş va yuritiş tartibini belgilaydi.
Reyestr vakolatli organ (Iqtisodiyot va moliya vazirligi) tomonidan şakllantiriladigan röyxatdan iborat bölib, unga quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:
- xarid qiliş tartib-taomillari yakunlari böyiça belgilangan şartlar asosida davlat buyurtmaçisi bilan şartnoma tuzişni va davlat xaridlarini amalga oşirişni rad etgan yoki boşqaça usulda böyin tovlagan xarid qiliş tartib-taomillari ğoliblari töğrisidagi;
- majburiyatlarni bajarmaganlikda yoxud tegişli tarzda bajarmaganlikda belgilangan tartibda aybdor deb topilgan ijroçilar haqidagi, bundan majburiyatlar bartaraf etib bölmaydigan kuçlar oqibatida bajarilmagan yoki tegişli tarzda bajarilmagan hollar mustasno;
- davlat xaridlari jarayonida yolğon yoki soxta hujjatlarni taqdim etgan, ayni bitta lotda iştirok etgan affillangan şaxslar yoki manfaatlar töqnaşuvi töğrisida ma’lumotlarni oçib bermagan iştirokçilar töğrisidagi;
- sudning qaroriga köra firibgarlik, soxtalaştiriş va korrupsiya bilan boğliq jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilgan ijroçilar töğrisidagi.
Insofsiz ijroçi reyestrga kiritilganidan boşlab 2 yil muddat ötgandan söng avtomatik tarzda reyestrdan çiqariladi.
Insofsiz ijroçi sudning tegişli qaroriga köra reyestrdan çiqarilişi mumkin.







