2024 yilning dekabr oyida köp va örtaça foydalanilgan mahalliy ommabop avtomobil narxlari noyabr oyiga nisbatan pasaygan bölsa, kam foydalanilganlar narxida sezilarli özgariş kuzatilmadi. Xususan:
- Onix: örtaça foydalanilgan – 3.6 foizga (14 ming dollardan 13 500 dollarga), köp foydalanilgan – 4,4 foizga (13 600 dollardan 13 ming dollarga);
- Lacetti: köp foydalanilgan – 1,3 foizga (13 500 dollardan 13 327 dollarga);
- Cobalt: örtaça foydalanilgan – 1.6 foizga (12 500 dollardan 12 300 dollarga), köp foydalanilgan – 0,8 foizga (11 800 dollardan 11 700 dollarga);
- Nexia: örtaça foydalanilgan – 0.9 foizga (11 500 dollardan 11 400 dollarga);
- Spark: örtaça foydalanilgan – 1 foizga (10 400 dollardan 10 300 dollarga); köp foydalanilgan – 0,5 foizga (9 346 dollardan 9 300 dollarga);
- Damas: örtaça foydalanilgan – 1.2 foizga (8 100 dollardan 8 ming dollarga), köp foydalanilgan – 1 foizga (7 503 dollardan 7 300 dollarga) arzonlagan.
Mazkur davrda Malibu hamda Tracker avtomobil narxlari pasaygan bölsa, Equinox narxida biroz oşiş kuzatildi.
Yangi BYD E2 (17 100 dollar) va Song Plus EV Champion (28 500 dollar) elektromobillari 1,7 foizga, BYD Han (32 500 dollar) hamda Yuan Up (21 ming dollar) elektromobillari mos ravişda 1,2 foiz va 1,9 foizga arzonladi.
Örtaça foydalanilgan elektromobillardan BYD E2 (15 970 dollar) va Han (34 500 dollar) örtaça narxlari mos ravişda 0,8 foiz va 4,2 foizga pasaygan bölsa, BYD Song Plus EV Champion (26 600 dollar) hamda Yuan Up (20 500 dollar) narxlarida özgariş kuzatilmadi.
Köp foydalanilgan BYD E2 (15 250 dollar), Han (31 750 dollar) va Song Plus EV Champion (24 050 dollar) örtaça narxlari esa mos ravişda 3 foiz, 1,8 foiz va 5,3 foizga qimmatlaşdi.
Chevrolet Monza va Kia Sportage örtaça narxlari pasaygan bölsa, Kia K5, Seltos va Hyundai Tucson avtomobili örtaça narxlarida ösiş kuzatildi.








