Klub rasmiy sayti 24 yoşli norvegiyalik goleador bilan 9,5 yillik şartnoma imzolanganini e’lon qildi. Unga köra, Erling 2034 yilning 30 iyun kuniga qadar «Mançester Siti» şarafini himoya qiladi.

«Yangi şartnoma imzolagandan juda xursandman va bu ajoyib klubda yana köproq vaqt ötkaziş imkoniyatiga ega bölaman.

«Mançester Siti» — özgaça klub, bu yerda ajoyib insonlar va fantastik muxlislar bor. Bunday muhitda har bir futbolçi özining eng yaxşi qirralarini namoyon etişni istaydi.

Şuningdek, men Pepga, uning murabbiylar ştabiga, jamoadoşlarimga va klubdagi hammaga minnatdorçilik bildirmoqçiman. Çunki sönggi ikki yil içida ular menga juda katta yordam berişdi. Endi men «Siti»ning ajralmas qismiman. Men rivojlanişda davom etişni, öz ustimda işlaşni va kelajakda köproq muvaffaqiyatlarga erişiş uçun qölimdan kelgan barça narsani qilaman», - deydi Holand.