Toşkent şahri Uçtepa tumanidagi mahallalaridan birining hokim yordamçisi qölga olindi. Bu haqda ÖzA xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, hokim yordamçisi tadbirkorlik bilan şuğullanmoqçi bölgan fuqaroga tuman hududida 4 ta savdo dökoni qurişi uçun yuqori lavozimlarda işlovçi tanişlari orqali jami 210 kvadrat metr yer maydonini auksion savdolarida yutib, nomiga rasmiylaştirib berişni va’da qilgan. U buning evaziga 30 ming dollar olgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda uşlangan.
Uşbu şaxs muqaddam ham Jinoyat kodeksining 167, 168, 205 va boşqa moddalari bilan 3 marotaba sudlangan bölgan.
Hozirda hokim yordamçisiga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi (Pora beriş) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, qamoq ehtiyot çorasi qöllangan.
Oldinroq Pop tumani FVB boşliği tezkor tadbirda 160 ming dollar, Samarqand viloyati IIB tezkor xodimi esa 10 ming dollar bilan uşlangandi.








