Turkiya bozorlarida hatto zargarlar ham aniqlay olmaydigan soxta oltin keng tarqaldi va bu fuqarolarda vahima uyğotdi, deb yozdi CNN Turk.
«Bozorda qalbaki oltinlar böyiça ogohlantiriş eng yuqori darajaga yetdi. Zargarlar ham zörğa ajrata oladigan qalbaki oltin fuqarolar orasida vahima uyğotdi», deyiladi telekanal xabarida.
Oltin va pul bozori mutaxassisi Isam Memiş sözlariga köra, soxta oltinning bozorlarda paydo bölişiga yoz mavsumida oltin narxining kötarilişi va tuşişi sabab bölişi mumkin.
«Ular ustaxonalar, masalan, zargarlik ustaxonalari oçişadi va bozorga past navli yoki butunlay qalbaki mahsulotlarni qöyişadi. Odatda ular onlayn sotiladi», deb tuşuntirdi ekspert.
Zargarlik dökonlari egalari ham firibgarlar qurboni bölayotgani xabar qilindi. Savdogarlar özlarining himoya usullarini ham öylab topdi. «Firibgar kelganida biz uni video suratga olib, ijtimoiy tarmoqlardagi guruhga jönatamiz», dedi Memiş.
Turkiya zargarlik buyumlari işlab çiqariş böyiça dunyodagi eng yirik markazlardan biridir. Turk zargarlari öz hunarmandçiligi bilan maşhur bölib, noyob zargarlik buyumlarini yaratadi.
Turkiya Markaziy banki oltin zaxiralarini mustahkamlaş va milliy valuta barqarorligini ta’minlaş maqsadida faol ravişda oltin xarid qiladi.
Oltin taqinçoqlar Turkiyaga borgan sayyohlar orasida maşhur suvenir hisoblanadi.








