Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga qöşimça va özgartirişlar kiritildi.
Unga köra, yarim erkin şaroitlarda, sun’iy yaratilgan yaşaş muhitida yoki tutqunlikda saqlanişi taqiqlangan yovvoyi hayvonlarni jismoniy şaxslar tomonidan saqlaganlik uçun ana şu hayvonlarni musodara qilib, fuqarolarga BHM 5 baravaridan 10 baravarigaça (1 mln 875 ming sömdan 3 mln 750 ming sömgaça) miqdorda jarima solişga sabab bölişi belgilandi.
Xuddi şunday huquqbuzarlik odamlarning soğliğiga, yuridik va jismoniy şaxslarning mol-mulkiga zarar yetişiga olib kelsa, başarti jinoyat alomatlari mavjud bölmasa, ana şu hayvonlarni musodara qilib, fuqarolarga BHM 30 baravaridan 50 baravarigaça (11 mln 250 ming sömdan 18 mln 750 ming sömgaça) miqdorda jarima solişga sabab bölişi nazarda tutildi. Ilgari bunday norma mavjud emas edi.
Bundan taşqari, şaharlar va boşqa aholi punktlarida hayvonlarni saqlaş qoidalarini buziş, xuddi şuningdek mansabdor şaxslar tomonidan egasiz hayvonlarni tuttiriş va saqlaş çoralarini körmaslik, fuqarolarga BHM 3 baravaridan 5 baravarigaça (1 mln 125 ming sömdan 1 mln 875 ming sömgaça), mansabdor şaxslarga esa 5 baravaridan 10 baravarigaça (1 mln 875 ming sömdan 3 mln 750 ming sömgaça) miqdorda jarima solişga sabab bölişi belgilandi.
Şuningdek, xuddi şunday huquqbuzarlik odamlarning soğliğiga, yuridik va jismoniy şaxslarning mol-mulkiga zarar yetişiga olib kelsa, başarti jinoyat alomatlari mavjud bölmasa, fuqarolarga BHM 10 baravaridan 15 baravarigaça (3 mln 750 ming sömdan 5 mln 625 ming sömgaça), mansabdor şaxslarga esa 15 baravaridan 30 baravarigaça (5 mln 625 ming sömdan 11 mln 250 ming sömgaça) miqdorda jarima solişga sabab bölişi közda tutildi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuçga kiradi.








