Volodimir Zelenskiy Ukraina va Buyuk Britaniya örtasidagi «100 yillik hamkorlik» deb nomlangan kelişuv Kiyevning boşqa davlatlar bilan munosabatlari uçun namuna bölişi mumkinligini aytdi. Bu murojaat 16 yanvar, payşanba kuni Ukraina prezidenti saytida e’lon qilindi.
Zelenskiy: «Bu munosabatlarning mutlaqo yangi formati»
Payşanba kuni ertalab Zelenskiy va Buyuk Britaniya boş vaziri Kir Starmer Kiyevdagi Mariinskiy saroyida 100 yillik hamkorlik şartnomasini imzolagan edi. Unda mudofaa va ilm-fan sohalarida hamkorlik qiliş, mamlakatlar örtasida yangi jamoatçilik aloqalarini yaratiş közda tutilgan.
«Bu prinsipial jihatdan yangi munosabatlar formati. Ukraina va Buyuk Britaniya örtasidagi munosabatlar endi har qaçongidan ham yaqinroq. Va Buyuk Britaniya bilan yuz yillik hamkorlik töğrisidagi şartnomaga kiritilgan ba’zi narsalar, albatta, boşqa davlatlar bilan ham takrorlanişi mumkin. Şeriklik munosabatlarimizni yanada rivojlantiriş, mudofaa, xavfsizlik sohasida hamkorlik qiliş közda tutilgan», dedi Volodimir Zelenskiy.
Unga köra, 2025 yilda Kiyev Londondan 6,6 milliard dollar harbiy yordam oladi. 3 milliard dollardan ortiq tölov şartnoma böyiça yillik majburiyatga aylanadi, dedi Zelenskiy. «Bundan taşqari, kelişuv iqtisodiy, texnologik va ta’lim sohasidagi hamkorlikni — maktablarimiz va universitetlarimizni inglizlar bilan hamkorlikda rivojlantirişni öz içiga oladi. Şartnomaning maxfiy qismi ham mavjud. Bizning taraqqiyotimiz uçun haqiqatan ham barqarorlik va imkoniyatlarni qöşadigan narsa», deya qöşimça qildi Ukraina prezidenti.
U Starmer bilan Ukraina dron işlab çiqaruvçilari bilan uçraşganini aytdi. «Bu yil bizning dronlarimiz hajmi böyiça rekord yil bölişi kerak», deb va’da berdi prezident.








