Tadbir çoğida Özbekiston va Hindiston örtasidagi serqirra hamkorlik sönggi yillarda izçil rivoj topayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Özaro manfaatli aloqalar rivoji, jumladan, turizm va mehmondöstlik sohasida yaqqol közga taşlanmoqda. Xususan, 2023 yilda Hindistondan Özbekistonga 50 mingga yaqin sayyoh safar qildi. 2024 yilda esa uşbu körsatkiç yanada köpayib, 80 ming kişidan oşdi.
Şuningdek, sönggi bir yarim yil davomida ikki mamlakat örtasidagi yölovçi havo qatnovi hajmini 3 baravarga oşirişga erişildi. Agar 2023 yil avgust oyida Toşkent va Dehli şaharlarini haftasiga 6 marta aviaparvozlar boğlab turgan bölsa, bugungi kunga kelib Uzbekistan Airways va IndiGo kompaniyalari tomonidan Toşkent-Dehli-Toşkent, Toşkent-Mumbay-Toşkent va Toşkent-Goa-Toşkent yönalişlarida haftasiga 18 ta havo qatnovi yölga qöyilgan. Parvozlar juğrofiyasini kengaytiriş va ularning sonini haftasiga 24 taga yetkaziş böyiça izçil sa’y-harakatlar davom ettirilmoqda.
Tomonlar Özbekistonning yirik şaharlarida yangi mehmonxonalar bunyod etiş, sayyohlarga zamonaviy xizmat turlari körsatiş, mehmonxona xöjaligini birgalikda boşqariş va boşqa yönalişlarda hamkorlik qiliş istiqbollarini muhokama qildi.
IHCL kompaniyasi delegatsiyasining Özbekistonga safarini taşkil qiliş va joylarda amaliy şeriklik rejalarini belgilab oliş böyiça kelişuvga erişildi.








