Vladimir oblastining Petuşinskiy sudi hozirda vafot etgan muxolifatçi Aleksey Navalniyning uç sobiq advokati — Vadim Kobzev, Aleksey Lipser va Igor Serguninni «ekstremistik hamjamiyatda» iştirok etiş işi böyiça (Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 282.1-moddasi 2-qismi) uç yarim yildan beş yarim yilgaça qamoq jazosiga hukm qildi, deb xabar berdi "Mediazona" 17 yanvar, juma kuni.
Vadim Kobzev 5,5 yil, Aleksey Lipser beş yil, Igor Sergunin esa uç yil qamoq jazosiga hukm qilindi. Sud jarayoni yopiq eşiklar ortida ötdi va Vladimir oblastining Petuşinskiy rayon sudidagi eşituvlar 24 dekabr kuni yakunlandi. 10 yanvar kuni advokatlar sönggi sözlarini aytişdi.
Advokatlarga hukm 10 yanvar kuni çiqişi kerak edi, biroq keyin u 17 yanvarga qoldirildi. «Navalniyning advokatlari ustidan hukm 17 yanvar kuni soat 10:00 da e’lon qilinadi. Navalniy Rossiyaga qaytib kelgan va qamoqqa olingan kun. Menga ayting-çi, bu tasodifmi?» — dedi FBK direktori Ivan Jdanov bu borada.
Navalniy advokatlarining işi
Kobzev, Lipser va Sergunin 2023 yil oktyabr oyida Moskvada hibsga olingan — şundan beri ular tergov hibsxonasida. Tergov ma’lumotlariga köra, Navalniyning advokatlari «maqomlaridan foydalangan holda» siyosatçining koloniyadan kelgan xatlarini uning şeriklariga yetkazgan. Şu tariqa ular «ekstremistik hamjamiyat yetakçilari va a’zolari örtasida muntazam ravişda ma’lumotlar uzatilişini ta’minlagan». 2021 yilning iyun oyida Rossiya rasmiylari Navalniy tuzilmalarini, jumladan, u asos solgan Korrupsiyaga qarşi kuraş fondini ham şunday hamjamiyat deb e’lon qilgan edi.
Navalniyning yana ikki advokati - Olga Mixaylova va Aleksandr Fedolov ham «ekstremistik hamjamiyat»da iştirok etiş işiga aloqador. Ular avvalroq Rossiyani tark etgani uçun sirtdan hibsga olingan. Barça beş advokat ekstremistlar va terrorçilarning Rosfinmonitoring reyestriga kiritilgan.








