“Hududgazta’minot” xabar berişiça, Qibray tumani “Obod” MFYda istiqomat qiluvçi fuqaro T.X. xonadonida issiqxona taşkil qilib, loyiha-texnik hujjatlari rasmiylaştirmasdan, gaz hisoblagiçdan taşqari tabiiy gaz quvuriga özboşimçalik bilan ulangan.
Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, sarflangan tabiiy gaz hajmi qayta hisob-kitob qilindi va 288,6 mln sömlik zarar aniqlandi.
Şuningdek, Urganç şahrida joylaşgan “S.” MÇJga tegişli umumiy ovqatlaniş maskanida gaz tarmoğiga elektron gaz hisoblaş uskunasi örnatilgan bölsa ham, korxona gaz ta’minoti taşkiloti bilan şartnoma rasmiylaştirmasdan, loyiha-texnik hujjatlarisiz gaz tarmoğiga noqonuniy ulangan.
Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, sarflangan tabiiy gaz hajmi qonunçilikda belgilangan tartibda qayta hisob-kitob qilindi. Iste’molçi tomonidan 225,14 mln sömlik zarar yetkazilgani ma’lum böldi.
Holatlar yuzasidan tegişli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvçi organlarga topşiriladi.








